Электр хавфсизлиги
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ish rahbari»
quyidagilar qoldi»
degan qator ostiga, faqat birinchi bor ishlashga ijozat etishda imzo chekadilar. 21. Naryadning 3-jadvalida har kungi ishga ishlashga ijozat etish va tugallash, shu jumladan, brigadani bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga ko‗chirish rasmiylashtiriladi. Agar ishboshi, o‗rindoshlik yo‗li bilan ijozat etuvchi vazifasini bajarsa, hamda ishboshiga brigadani qayta ishga qo‗yilishida ijozat etish uchun ruxsat berilgan bo‗lsa, u ijozat etayotgan paytida jadvalning 3 va 4 kataklariga imzo chekadi. Agar ish rahbariga brigadani qayta ishga qo‗yilishida ijozat etish uchun ruxsat berilgan bo‗lsa, u ijozat etayotgan paytida, jadvalning 3 katagiga imzo chekadi. Ish kunining tugashi bilan bog‗liq bo‗lgan ishni tugatilganligini, ishboshi (kuzatuvchi), 5 va 6 kataklarni to‗ldirish bilan rasmiylashtiradi. 22. Naryadning 4-jadvalida avtomobil haydovchisi yoki mexanizm mashinisti va kranchini brigada tarkibiga kiritish yoki undan chiqarishda qo‗shimcha yana unga biriktirilgan avtomobil, mexanizm va o‗ziyurar kranning turi ham ko‗rsatilishi kerak. 4 katakka brigada tarkibini o‗zgartirishga ruxsat bergan xodim imzo chekadi. Agar ruxsat telefon yoki radio orqali be-rilsa, ishboshi 4 katakda shu xodim familiyasini ko‗rsatishi zarur. 23. Ish to‗liq bajarilganidan so‗ng, ishboshi (kuzatuvchi) va ish rahbari 59 naryadni ushbu ishlarni rasmiylashtirish uchun mo‗ljallangan qatoriga ishni tugatgach, vaqti va sanasini ko‗rsatib imzo qo‗yadilar. Agar ish rahbari tayinlanmagan bo‗lsa, «Ish rahbari» degan qatorga, hech qanday imzo qo‗yilmaydi. Agar ishni to‗liq tugatilganligini naryadda rasmiylashtirish vaqtida navbatchi yoki tezkor-ta‘mirlash xodimlaridan tayinlangan ishlashga ijozat etuvchi yoki navbatchi yo‗q bo‗lsa yoki ishboshi o‗rindoshlik yo‗li bilan ijozat etuvchi vazifasini ham bajarsa, ishboshi yoki kuzatuvchi ushbu rasmiylashtirishni faqat o‗zining naryad nusxasida bajaradi va ishni to‗liq tamom bo‗lganligi to‗g‗risidagi xabarni olgan xodimning lavozimi va familiyasini ko‗rsatib, xabar qilingan vaqtni va sanasini yozib qo‗yishi shart. Agar ishni to‗liq tugatilganligini naryadda rasmiylashtirish vaqtida navbatchi yoki tezkor-ta‘mirlash xodimlaridan tayinlangan ishlashga ijozat etuvchi qatnashayotgan bo‗lsa, ishboshi yoki kuzatuvchi, ushbu rasmiylashtirishni naryadning ikkala nusxasida bajaradi. Agar brigada yerga ulagichni o‗rnatmagan bo‗lsa, u holda «Brigada Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling