Электр хавфсизлиги
o„rnatgan yerga ulagichlar olindi»
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
o„rnatgan yerga ulagichlar olindi» degan so‗zlar, ish to‗la tugallanganidan so‗ng,
naryaddan o‗chirib tashlanishi shart. 4.3. Qisqa muddatli va kechiktirib bo„lmaydigan ishlar Qisqa muddatli, uzog‗i bilan 1 soatgacha davom etadigan ishlar farmo-yish bilan ta‘mirlash xodimi, navbatchi yoki tezkor-ta‘mirlash xodimi nazoratida, hamda navbatchining yoki tezkor-ta‘mirlash xodimlarning o‗zi baja-rishiga ruxsat beriladi. Bunday ishlarga quyidagilar kiradi: - kabel, sim, shina, elektr motor va boshqa uskunalarni bo‗shatib ajratish yoki ulash; - taqsimlash uskunasidagi releli himoya, avtomatika, telemexanika, aloqa, shu jumladan himoya va aloqa filtrlari uskunalaridagi ishlar; 60 - 0,4 kV kuchlanishli havo elektr tarmog‗ini, hamda hamma kuchlanishli kabel elektr tarmog‗ini ulash va ajratish; - fazirovka qilish; - kabel elektr tarmog‗ini uzilgan yoki uzilmaganligini tekshirish; - transformatorda o‗rnatilgan kuchlanishni oshirish va kamaytirish shaxobchalarini burash; - moy o‗lchagich oynasini va ayrim yakka izolyatorlarni artish; - transformator moyini quyish va tekshirishga olish; - transformator moyini quritish va tozalash uchun o‗rnatilgan asboblarni ulash yoki bo‗shatib ajratish; - havo bilan ishlaydigan o‗chirgichdagi manometrni almashtirish; - elektr uskunadagi tok o‗tkazuvchi qismlarni qizishi va titrashini o‗lchash; - elektr o‗lchov qisqich (клеш) lari bilan o‗lchash; - elektr uzatish tarmog‗iga tushib qolgan begona narsalarni olib tashlash; - havo elektr uzatish tarmog‗i simiga qulagan daraxt, shox-shabba va boshqalarni olib tashlash; - elektr uskunani dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositasi, iste‘molchini sifatli elektr energiya bilan ta‘minlashga xavf soluvchi yoki shunday nosozliklar sodir bo‗lganda ularni bartaraf qilish uchun kerak bo‗lgan zaruriy ishlar; Yuqorida qayd etilgan ishlarni bajarish uchun ishchilar soni, nazorat qi- luvchi xodim bilan birgalikda uch kishidan oshmasligi kerak. 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunada ishlaganda ish bajarayotgan yoki nazorat olib boruvchi navbatchi yoki tezkor-ta‘mirlash xodimning rahbari elektr xavfsizligi bo‗yicha IV guruhga, 1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan elektr uskunada ish bajarishda esa, III guruhga ega bo‗lishi kerak. Brigadaning qolgan a‘zolari III guruhga ega bo‗lishlari shart. Iste‘molchi ulangan elektr uzatish tarmog‗ida ish olib borish uchun mahalliy iste‘molchi xodimini ham jalb qilinishi mumkin. 61 Ish boshlashdan oldin ochiq taqsimlovchi uskunalarda ish joyini arqon bilan o‗rashdan tashqari, ish joyini tayyorlashga oid barcha texnik tadbirlarni amalga oshirilishi kerak. Bunday hollarda ochiq taqsimlovchi elektr uskunada ish joyini arqon bilan o‗rash shart emas. Yuqorida qayd etilgan ishlarni bajarish 1 soatdan ko‗p vaqt yoki uch kishidan ortiq ishchi talab etsa, u holda ushbu ishlar naryad bilan bajarilishi kerak. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling