Электр хавфсизлиги
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
4.4. Brigada tarkibi
Brigadadagi ishchilar soni va uning tarkibi, ularning elektr xavfsizligi bo‗yicha guruhini hisobga olgan holda, ish bajarish sharoitiga, hamda brigada a‘zolari ustidan ishboshining nazorat qilaolish imkoniyatiga qarab belgilanadi. Ishboshi rahbarlik qilayotgan brigada a‘zolari II guruhga ega bo‗lishi shart. Ish kuchlanish ostida bajariladigan bo‗lsa, III guruhga ega bo‗lishi kerak. Texnika xavfsizligi qoidalariga asosan, havo elektr uzatish tarmog‗ida bajariladigan ishlar bundan mustasnodir. Bunday ishlarni elektr xavfsizligi bo‗yicha IV guruhga ega bo‗lgan ishchilar bajarishi zarur. Elektr xavfsizligi bo‗yicha III guruhga ega bo‗lgan har bir brigada a‘zosiga I guruhga ega bo‗lgan bir ishchi biriktirilishi mumkin, lekin I guruhli brigada a‘zolarining umumiy soni uch kishidan oshmasligi kerak. Texnika xavfsizligi qoidalarida ko‗zda tutilgan ayrim ishlarni farmoyish bo‗yicha bir ishchi (yakka o‗zi) bajarishi mumkin. Navbatchi o‗zidan yuqoridagi navbatchining ruxsati bilan naryadga kiritmasdan, tezkor dispetcherlik jurnalida qayd qilib, ta‘mirlash brigadasida ishlashga jalb qilinishi mumkin. Brigada tarkibini o‗zgartirish naryad beruvchi yoki ushbu elektr uskunada ishni bajarish uchun naryad berish huquqiga ega bo‗lgan boshqa xodimga ruxsat etiladi. Brigada tarkibini o‗zgartirish to‗g‗risidagi ko‗rsatma telefon, radio yoki chopar orqali ishlashga ijozat beruvchiga, ish rahbariga yoki ishboshiga berilishi mumkin. Ular o‗z imzosi bilan ushbu o‗zgartirish to‗g‗risidagi ko‗rsatmani bergan xodimni tasdiqlab, uning ism-sharifi va familiyasini nar-yadda yozib qo‗yadi. 62 Brigada tarkibini o‗zgartirish jarayonida yuqorida qayd etilgan talablarni buzilishiga yo‗l qo‗ymaslik kerak. Ishboshi brigada tarkibiga qo‗shilgan yangi ishchilarga yo‗riqnoma be-rishi shart. Ish rahbarini yoki ishboshini almashtirilganda, hamda brigada tarkibini yarmidan ko‗proq qismi o‗zgartiriladigan bo‗lsa, yangi naryad berilishi lozim. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling