Электр хавфсизлиги
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9–BOB. ELEKTR HIMOYA VOSITALARINING TURLARI, ULARGA QO„YILADIGAN TALABLAR VA FOYDALANISH QOIDALARI 9.1. Elektr himoya vositalari. Umumiy talablar
Sinov savollari
1. Yerga ulagichni o‗rnatish bo‗yicha umumiy talablarni so‗zlab bering. 2. Nollashtirishni tushuntirib bering. 3. Nollashtirish bo‗yicha, yerga ulagich qurilmalari orqali yoyilib o‗tayotgan yer bilan tutashuv toklarini aniqlash usullarini sharhlab bering. 4. Himoyalovchi o‗chirish va himoyalovchi yerga ulagich, hamda bular bo‗yicha hisoblashlar jarayonini tushuntirib bering. 5. Qadamli kuchlanishni kelib chiqishi, hamda undan xavfsizlikni ta‘min- langan holatda, chiqib ketish yo‗llarini izohlab bering. 6. Yerga ulagich qurilmalarining konstruksiyalarini tushuntiring. 7. Himoyalovchi yerga ulash qurilmalarini hisoblash yo‗llarini sharhlab bering. 8. Elektrstansiya va podstansiyalarning elektr uskunalarida yerga ulagichni o‗rnatish tadbirlarini so‗zlab bering. 9. Kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‗lgan elektr uskunalarda, yerga ulagich qarshiligining ruxsat etilgan chegaraviy qiymatini ayting. 10. Havo va kabel elektr tarmog‗larida yerga ulagichlar qanday o‗rnatiladi? 11. 6-10 kV kuchlanishli OTQ (ОРУ), transformator podstansiyalari va taq- simlash qurilmalarida yerga ulagichlar qanday o‗rnatiladi? 12. 220 kV va undan yuqori kuchlanishli OTQ (ОРУ) hamda elektr uzatish tarmog‗idagi yerga ulagichning tuzilishi qanday? 141 9–BOB. ELEKTR HIMOYA VOSITALARINING TURLARI, ULARGA QO„YILADIGAN TALABLAR VA FOYDALANISH QOIDALARI 9.1. Elektr himoya vositalari. Umumiy talablar 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida ishlatiladigan himoya vositalarining izolyatsiyalovchi qismi, dastak tomonidan elektr izolyatsiyalovchi materialdan tayyorlangan ajratgich halqa yoki tirgovich bilan ajratiladi. Ajratgich halqaning tashqi diametri, dastakning tashqi diametridan kamida 10 mm ga ortiq bo‗lishi kerak. Izolyatsiyalovchi qism bilan dastak chegarasini, faqat bo‗yoq bilan ajratib qo‗yish man qilinadi. Ajratgich halqa esa, izolyatsiyalovchi qismning bir bo‗lagi hisoblanadi. 1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan elektr uskunalarida ishlatiladigan himoya vositalaridagi tirgovichning balandligi texnik shartlarda keltirilgan talablarga mos kelishi lozim. Himoya vositalarini ishlatish jarayonida ularning ajratgich halqa yoki tirgovichni tashqarisidagi izolyatsiyalovchi qismiga tegish man qilinadi. Elektr izolyatsiyalovchi trubkadan tayyorlangan himoya vositalari konstruksiyasida, trubka ichiga chang va suv kirishiga qarshi chora ko‗rilgan bo‗lishi zarur. Ushbu talab izolyatsiyalovchi chang tortuvchi shtangalarga taalluqli emas. Shtanga va kuchlanish ko‗rsatgichlarining konstruksiyasi va ishchi qismi- ning o‗lchamlari, uskunalarning fazalari orasida, hamda ularni yerga ulangan qismiga nisbatan tutashuviga imkon bermasligi lozim. Izolyatsiyalovchi himoya vositalarining laklangan yuzasida buzilgan yoki boshqa nosozliklar aniqlangan taqdirda, ularni ishlatish man qilinadi. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida izolyatsiyalovchi shtangalarni (o‗lchov shtangalaridan tashqari) yerga ulash uchun, izolyatsiyalarni changdan tozalash uchun izolyatsiyalovchi qisqichlar, elektr o‗lchovchi va kuchlanish ko‗rsatgichlarini ishlatish jarayonida, dielektrik qo‗lqopdan foydalanish zarur. O‗lchov shtangalari bilan ishlaganda dielektrik qo‗lqopdan foydalanish zarur |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling