Электр хавфсизлиги


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

(16) 
9. Vertikal yerga ulash qurilmasining aniqlangan soni quyidagicha 


133 
hisoblanadi: 
'
'
b
b
b
e
R
r




(17) 
bu yerda: 
'
b

- foydalanish koeffisienti aniqlangan qiymat. 
Hisoblashlarga asoslanib, yerga ulash qurilmasining konfiguratsiyasi 
aniqlanadi. 
8.6. Elektrstansiya va podstansiyalarning elektr uskunalarida yerga ulagichni 
o„rnatish 
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida ish olib borish uchun 
ajratilgan uchastkaga, kuchlanish qaysi tomondan berilishi mumkin bo‗lgan barcha 
taraflaridagi tok o‗tkazuvchi qismlarni hamma fazalari yerga ulanishi shart. 
Butunlay o‗chirilib, bitta yerga ulagich o‗rnatish yetarli bo‗lgan umumiy shinadagi 
ish bundan mustasno. 
O‗chirilgan tarmoq ayirgichlarida ish olib borilganda, ulardagi yerga ulagich 
pichoqlarini borligidan qat‘iy nazar, ayirgichlardan chiqib ketayotgan elektr 
uzatish 
simlariga, 
ish 
jarayonida 
ayirgichlarni 
o‗chirib-yoqqanda 
shikastlanmaydigan qilib qo‗shimcha yerga ulagich apparati o‗rnatilishi shart. 
Elektr uskunalarning yerga ulangan tok o‗tkazuvchi qismi kuchlanish ostida 
qolgan tok o‗tkazuvchi qismidan ko‗zga ko‗rinadigan qilib, uzilgan joy bilan 
ajratilishi shart. 
O‗rnatilgan yerga ulagichlar bevosita ish bajarilayotgan tok o‗tkazuvchi 
qismlardan o‗chirilgan o‗chirgichlar, ajratgichlar, bo‗lgichlar, ayirgichlar, olib 
qo‗yilgan saqlagichlar, olib tashlangan shina va simlar orqali ajratilgan bo‗lishi 
mumkin. 
Agar boshqa kuchlanish ostidagi elektr uskunalari elektr maydoni ta‘sirida 
ish joyida kuchlanish (потенциал) hosil qilishi mumkin bo‗lsa, bevosita ish joyiga 


134 
qo‗shimcha yerga ulagich qo‗yilishi shart. Ko‗chma yerga ulagichlar tok 
o‗tkazuvchi qismlarning bo‗yoqlaridan tozalangan joylariga qo‗yilishi kerak. 
1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan elektr uskunalarining umumiy shinalari 
(izolyatsiyali simlardan tayyorlangan shinalardan tashqari), hamda shchitlarida ish 
olib borilganda, ushbu uskunalardan kuchlanish olinishi va yerga ulanishi shart. Bu 
taqsimlovchi elektr uskunalarning ulamalariga ulangan elektr tarmoq-lariga, 
shchitlar yig‗imlariga va ularga ulangan jihozlariga yerga ulagichni o‗rnatish 
kerakligini, hamda mumkinligini naryad beruvchi yoki farmoyish beruvchi 
aniqlaydi. 
Ishni bajarish xususiyati (izolyatsiya qarshiligini o‗lchash va h.k.) talab 
qilgan taqdirdagina, ish joyini tayyorlashda qo‗yilgan yerga ulagichni vaqtinchalik 
olib qo‗yishga ruxsat beriladi. Yerga ulagichni vaqtinchalik olish va qayta o‗z 
joyiga qo‗yishni navbatchi, tezkor-ta‘mirlash xodimi yoki naryad beruvchi 
ko‗rsatmasi bilan ishboshi amalga oshiradi. 
Yerga ulagichni vaqtinchalik olishga va uni ish bajaruvchi tomonidan 
amalga oshirilishini naryadning «Alohida ko„rsatmalar» satriga yozib, qayerda va 
nima maqsadda yerga ulagich olinishi kerakligi qayd qilinishi shart.
Elektr uskunalarida yerga ulagichni o‗rnatilishi xavfli yoki o‗rnatishning 
iloji bo‗lmagan qurilmalarida (masalan, ayrim taqsimlovchi yashiklarda, komp-lekt 
taqsimlovchi elektr uskunalarining ayrim turlarida, fazalari vertikal joylashgan 
taqsimlovchi shchitlarda), ish joyini tayyorlashda yerga ulagichni qo‗ymasdan 
ajratgich pichoqlariga dielektrik qo‗lqop
kiygizish yoki kommutatsion apparat-
larining kontaktlari orasiga izolyatsion qoplagich (накладка) qo‗yish mumkin. 
1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan elektr uskunalarida yerga ulagichni qo‗yish va 
olish III guruhga ega bo‗lgan bir navbatchi yoki tezkor-ta‘mirlash xodimiga ruxsat 
etiladi. 
1000 V va undan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida: 
- ko‗chma yerga ulagichlarni o‗rnatishni ikki kishi bajarishi shart: biri IV 
guruhli (navbatchi yoki tezkor-ta‘mirlash xodimlaridan) va boshqasi III guruhli; 


135 
- III guruhli ishchi ta‘mirlash xodimlaridan bo‗lishi mumkin, iste‘molchilar 
ulamasiga yerga ulagichni o‗rnatish iste‘molchi xodimlari qatnashuvida bajariladi; 
- uzoqda joylashgan podstansiyalarda ma‘muriy-texnik xodimlarning yoki 
dispetcherning ruxsati bilan, asosiy sxemalarda yerga ulagichni o‗rnatishda 
ikkinchi xodim sifatida III guruhli iste‘molchi xodimi ishlashiga ruxsat beriladi; 
- yerga ulagich pichoqlarini IV guruhga ega bo‗lgan navbatchi yoki tezkor-
ta‘mirlash xodimlaridan bir kishi ulashi mumkin; 
- yerga ulagich pichoqlarini o‗chirish va ko‗chma yerga ulagichni olishni 
navbatchi yoki tezkor-ta‘mirlash xodimlaridan III guruhga ega bo‗lgan bir kishi 
bajarishi mumkin. 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling