138
Ish joyida ko‗chma yerga ulagich yerga yarim metr chuqurlikka tik qoqilgan
yerga ulagich uskunasiga o‗rnatilishi mumkin.
Yerga ulagich uskunasini tuproqqa, bexos to‗kilgan uyumga qoqish man
qilinadi.
1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan elektr uzatish tarmog‗ida yoki izolyatsion
zvenosi yo‗q teleskopik
minorada turib ishlaganda, ta‘mirlanayotgan tarmoq
simlarining barchasiga, shu jumladan radio va telemexanika
apparatlari uchun
osilgan ochiq simlarga ham yerga ulagich qo‗yilishi shart.
Ta‘mirlash uchun
o‗chirilgan elektr uzatish tarmoqlarida ko‗chma
yerga
ulagichlarni o‗rnatish va keyin uni olish, hamda ustunlarga o‗rnatilgan yerga
ulagich pichog‗ini ulash ishlarini navbatchi yoki tezkor-ta‘mirlash xodimlari
amalga oshirishlari kerak.
35-rasm. Nеytrаli izоlyatsiyalаngаn tаrmоqlаrdа tоk o‟tkаzuvchi qismlаrgа bir fаzаli
tеginish
36-rasm. Nеytrаli izоlyatsiyalаngаn tаrmоqdа yеrgа to‟g‟ridаn-to‟g‟ri ulаnish:
а –printsipiаl sxеmа; b –yеrgа ulashdаgi kuchlаnishning vеktоr diаgrаmmаsi
139
37-rasm. Nеytrаli izоlyatsiyalаngаn uch simli tаrmоqlаrning printsipiаl sxеmаsi:
а –chulh‟аmlаri yulduz usulidа ulаngаn mаnbаli tаrmоq; b –chulg‟аmlаri uchburchаk
usulidа ulаngаn mаnbаli tаrmоq
Biri IV guruhli (1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uzatish tarmoqlarida)
yoki III guruhli (1000 V kuchlanishdan past elektr uzatish tarmoqlarida), ikkinchisi
III guruhli bo‗lishi kerak.
Ikkinchi xodim sifatida, III guruhli ta‘mirlash brigadasi a‘zosini, iste‘mol-
chilarga taalluqli elektr
uzatish tarmoqlarida esa, iste‘molchi-xodimni ishlatishga
ruxsat beriladi.
Ustunlardagi yerga ulagich pichoqlarini navbatchi yoki tezkor-ta‘mirlash
xodimlaridan, III guruhli bir xodim o‗chirishiga ruxsat etiladi.
Elektr uzatish tarmoqlaridagi ish joylarida ko‗chma yerga ulagichni ish
bajaruvchi bilan birgalikda III guruhga ega bo‗lgan, brigada a‘zosi o‗rnatishi
mumkin.
140
Ushbu yerga ulagichni olish, ish bajaruvchining farmoyishi bilan III guruhli
ikki brigada a‘zosi bajarishi mumkin.
Elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish yo‗qligini tekshirish, yerga ulagichni
o‗rnatish
va olish paytida, ishchilardan biri yerda turib boshqa ishchini kuzatib
turishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: