3 – rasm. Bir fazali KAI sxemasi (a) va uning kuchlanish va tok diagrammasi (b)
Yuklanishdagi tok va kuchlanishning ishoralari teskari bo‘lgan holda u yoki bu juft diodlar ochiladi. Shunda manbadan kelayotgan tok id ishorasini o‘zgartirib Ye kuchlanishga qarama – qarshi yo‘nalishda oqadi. Agar manba bir tomonli o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lsa, ya’ni to‘g‘rilagich bo‘lsa, u holda manbaga parallel kondensator ulanishi kerak. Invertordan tok manbaga qarab yo‘nalganida kondensator zaryadlanadi va tok manbadan yo‘nalganida esa zaryadsizlanadi. Bu kondensatorning sig‘imi, manba kuchlanishi pulsatsiyasi sezilarsiz darajada bo‘lishini ta’minlashi uchun, yetarli darajada qiymatga ega bo‘lishi kerak.
KAI chiqish kuchlanishini impulsli boshqarish usulini tiristorlar-ning o‘tkazuvchanlik burchagi bo‘lgan hol uchun ko‘rib chiqamiz.
Tiristorlarning o‘tkazuvchanlik burchagi bo‘lganida bir vaqtda uchta tiristor ishlaydi va bu holda kuchlanishning formasi yuklanishga deyarli bog‘liq bo‘lmaydi.
4a – rasmdan ko‘rinib turibdiki bir paytda uchta tiristorlarning ochilishini va interval o‘tishi bilan yopilishini ta’minlaydigan impulslar OYoA vositasida amalga oshiriladi. Har tiristorning ochilib turishi burchagi ni rostlanishi natijasida chiqishdagi kuchlanish impulsi kengligi o‘zgartiriladi.
4 – rasm. Uch fazali KAI chiqish kuchlanishini impuls kengligini o‘zgartirib rostlash jarayonidagi tiristorlarning holatlari, liniya (a) va faza kuchlanishlari (b) o‘zgarishlari diagrammalari
5 – rasm. Kondensatorlar diodlar yordamida ajratilgan tok avtonom invertori sxemasi
6 – rasm. Fazalararo kommutatsiyali kuchlanish avtonom igvertori sxemasi
7 –rasmda tasvirlangan invertor sxemasida har bir tiristor uchun alohida o‘zining kommutatsiya zanjiri mavjudligi bilan oldingi qaralgan invertorlarning sxemalaridan farqqiladi. D1–D6 diodlar 8–sxemadagidek asinxron motorning invertor sxemasidan ajratish uchun xizmat qiladi, D7– D12 diodlar esa teskari ko‘prik sxemasi bo‘yicha o‘zgarmas kuchlanish manbaiga ulanadi. Bunday sxemali kuchlanish avtonom invertorlarida har bir tiristorlarning ochilishi va yopilishi boshqa tiristorlarning holatlaridan qat’iy nazar individual ravishda bo‘ladi va bu esa yuklanishdagi kuchlanish qiymatini rostlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |