Elektr tavsifi. Zaryadlangan nikel-temir (NJ) akkumulyatorlarning elektr yurituvchi kuchi (e.yu.k) 1,5 V, zaryadsizlangan akkumulyatorlarniki 1,3 V, NK turdagi akkumulyatorlarda esa mos ravishda 1,4 V va 1,27 V. Zaryadlash oxiridagi kuchlanish Uz = 1,8 V ga teng. Normal zaryadsizlangan-da kuchlanish Ur.o = 1,0 V gacha pasayadi, qisqa vaqtli rejimda kuchlanish Ur.o = 0,5 V gacha tushadi. Zaryadsizlanishni o‘rtacha kuchlanishi Ur = 1,27 V.
Akkumulyatorlarning sig‘imi plastinkalar soni va o‘lchamiga bog‘liq bo‘lib, elektrolit harorati va zaryadlash tokiga deyarli bog‘liq emas. Ishqorli akkumulyatorlar uchun sig‘im bo‘yicha berish ηs = 0.65, energiya bo‘yicha berish esa ηw = 0.5 ga teng.
Zaryadlangan akkumulyatorlarning ichki qarshiligi rich = 0.35/Cn, zaryad-sizlanganniki esa rich = (1.5…2) · 0,35/Cn ga teng. Ishqorli akkumulyator-lar t = 20º S xaroratda 30 kun mobaynida saqlanganda, o‘z-o‘zidan zaryadsiz-lanishi nominal sig‘imning 30…50 % ni tashkil etadi. Ishqorli akkumu-lyatorlar asosiy elektr tasniflari bo‘yicha, kislota-qo‘rg‘oshinli akkumu-lyatorlardan past, lekin katta zaryadsizlanish tokiga va qisqa tutatish-larga bardoshli va katta mexanik mustahkamlikka ega bo‘ladi.
Nazorat savollari
1. Akkumulyatorni zaryadlash va zaryadsizlanishdagi faol moddalarning kimyoviy tarkibi qanday o‘zgaradi?
2. Zaryadlash va zaryadsizlanishda elektrolitning zichligi nima uchun o‘zgaradi?
3. Qo‘rg‘oshinli akkumulyatorningzaryadsizlanish sig‘imi nimaga bogliq bo‘ladi?
4. Sig‘im va energiya bo‘yicha berish nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |