Elektr mexanikasi va texnologiyalari


O‘zgaradigan tok va kuchlanishda zaryadlash


Download 1.41 Mb.
bet50/54
Sana10.11.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1762635
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
2-курс.Ma\'ruza 3

O‘zgaradigan tok va kuchlanishda zaryadlash (1-rasm,a). Boshlang‘ich davrda akkumulyator Iz = 6N ga teng tok bilan zaryadlanadi. Akkumulya-torning zaryadlana borishi va zaryadlash kuchlanishini ortishi bilan elektrolitning “qaynash”i boshlanadi. Qaynash jadalligini pasaytirish va plastinka faol massalarining buzilishini oldini olish uchun, zaryadlash toki Iz = 3,6N gacha ravon pasaytiriladi. Zaryadlash kuchlanishi orta boshlaydi va 2,7 V gacha yetadi. Zaryadlashning tugashi bir qator xarakterli belgilar bilan aniqlanadi. Bunday rejimda akkumulyatorning zaryadlanish muddati 12 soatni tashkil etadi. Bu rejim eng sodda bo‘lib, zaryadlash qurilmasidagi tok va kuchlanishning mo‘’tadillashni talab qilmaydi. Lekin zaryadlash jarayoni uzoq vaqt davom etadi, “qaynash” esa elektrolitning bug‘lanib ketishiga olib keladi, akkumulyator olayotgan zaryadlanish sig‘imini nazorat qilish qiyin kechadi.
Bir pog‘onali zaryadlash rejimi (1-rasm,b). Bu rejim Iz = 3,6N ga teng bo‘lgan o‘zgarmas tokda amalga oshiriladi. Zaryadlash kuchlanishi 2,3 V gacha oshiriladi, shundan so‘ng “qaynash” boshlanadi. Akkumulyatorning zaryadlana borishi bilan kuchlanish 2,7 V ga yetadi va keyinchalik deyarli o‘zgarmaydi. Akkumulyatorning zaryadlanganlik holati yuqorida keltiril-gan xarakterli belgilar bilan aniqlanadi. Zaryadlash 8 soatni tashkil etadi, ya’ni tz = 8 coat. Oldingi rejimga nisbatan, bu rejimda zaryadlash sig‘imini doimo nazorat qilish imkoniyati mavjud.
Ikki pog‘onali zaryadlash rejimi (1.-rasm,v).Bu rejim shu bilan xarakterliki, boshlanishida akkumulyator 4 soat davomida doimiy qiyma-ti Iz = 6N ga teng tok bilan zaryadlanadi (birinchi bosqich). Bunda zaryad-lash kuchlanishi 2,3 V ga yetadi va “qaynash” boshlanadi. Qaynash jadal bo‘lmaganligi uchun tok pog‘onama-pog‘ona Iz = 3,6N gacha pasaytiriladi (ikkinchi bosqich) va zaryadlash oxirigacha o‘zgartirilmasdan ushlab turila-di. Tokning o‘zgarish vaqtida, zaryadlash kuchlanishi keskin pasayadi, shundan so‘ng kuchlanish zaryadlanish oxirigacha sekin asta orta borib, 2,7 V gacha yetadi. Zaryadlashning tugashi yuqoridagi belgilar bilan aniqlanadi. Rejim davomiyligi tz = 8 soatga teng. Bu rejimni amalga oshirish uchun zaryadlash qurilmasi ikki bosqichli tok mo‘ta’diltirgichiga ega bo‘lishi kerak.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling