Modifikatsiyalangan zaryadlash rejimi (1-rasm,g).Boshlanishida bu rejim o‘zgarmas Iz = 6N tokda amalga oshiriladi, kuchlanish 2,3 V ga erishganda, zaryadlash qurilmasi kuchlanishni mo‘ta’dillash rejimiga o‘tkaziladi. Zaryadlashning birinchi sikli 4 soat davom etadi, ikkinchi
1-rasm. Akkumulyatorlarning ishlatish uchun zaryadlash rejimlari va tok va kuchlanishlarining vaqtga bogliqligi
sikl o‘zgarmas kuchlanishda, lekin pasaytirib boriladigan tokda bir necha kun davom etadi. Zaryadlash elektrolit zichligi d = 1,21 G/sm3ga erishib o‘zgarmay qolganda to‘xtatiladi. Bu rejimning ustunligi zaryadlanish oxirida “qaynash” bo‘lmasligi, natijada plastinkalarning ishdan chiqi-shini oldi olinishidan iborat. Kamchiligi esa, zaryadlanish vaqtining ko‘pligi, xamda murakkab zaryadlash qurilmasi zarurligidadir.
O‘zgarmas kuchlanishda zaryadlash rejimi (1-rasm,d). Boshlang‘ich tok Iz> 6N ga teng qilib tanlanadi. Zaryadlash oxirida tok Iz = 0,1N gacha pasayadi. U holda akkumulyator, zaryadlanish sig‘imining asosiy qismini birinchi 10 soat davomida, qolgan qismini – bir necha kun davomida oladi. Zaryadlashning tugashi elektrolit zichligini d = 1,21 G/sm³ ga yetganligi bilan aniqlanadi. Bu rejimning afzalligi “qaynash” ning bo‘lmasligi va akkumulyatorni to‘g‘rilagichning asosiy yuklamasini o‘chirmasdan turib, zaryadlash imkoniyatini mavjudligidadir. Lekin olinadigan sig‘imni nazorat qilinishning qiyinligi va uzoq muddat zaryadlanishi, bu rejim-ning kamchiligi hisoblanadi. Bundan tashqari, to‘g‘rilagichdan samarasiz foydalaniladi.
O‘zgaruvchan qutbli toklarda zaryadlash (1-rasm.e). Bu rejim ma’lum vaqt oralig‘ida chiqishdagi kuchlanishning qutbi o‘zgaradigan qurilma yordamida amalga oshiriladi. Qisqa vaqtdagi zaryadsizlanish, qisqa vaqt ichida zaryadlanish bilan almashtirib turiladi. Zaryadlash va zaryadsizlanish toklarining muddati va qiymati konkret shartlardan kelib chiqqan holda tanlanadi. Lekin o‘rtacha zaryadlash toki shunday tanlanadiki, bu zaryadsizlanish tokidan sezilarli darajada katta bo‘lib, akkumulyatorning zaryadlanishiga zarur bo‘lgan energiyani ta’minlaydi. Bu rejimning afzalligi shundan iboratki, zaryadlash jarayonida, akkumulya-tordagi elektr kimyoviy reaksiyalarni kechishini yaxshilashga olib keladi-gan qisqa muddatli zaryadsizlanish amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |