Elektr qizdirgichlarining ishlash prinsiplari, ularning turini aniqlash usullari


Qarshilikli elektr qizdirgichlar (EQ)


Download 31.6 Kb.
bet2/3
Sana14.05.2023
Hajmi31.6 Kb.
#1460887
1   2   3
Bog'liq
ELEKTR QIZDIRGICHLARINING ISHLASH

Qarshilikli elektr qizdirgichlar (EQ)

Suyuqlik vannali EQ lar. Bunday qurilmalarning eng kо‘p tarqalgan turiga moy bilan tо‘ldirilgan va ichiga qizdirgich о‘tkazgichlari joylashtirilgan g‘ilofli metall idishdir. G‘ilofning devoriga izolyator maxkamlanadi va unga EQ ning spirali maxkamlanadi.


Suyuqlikli vannada qizdirish ishlanayotgan materialning xaroratini oshish jarayoni bir xil ekanligi bilan ajralib turadi. Qizdirish intensivligi issiqlik uzatuvini kichik qо‘zg‘alishida xam yaxshi bо‘ladi. Bunday qurilmalarda qizdirishning taxminiy xarorati 250 0S dan oshmaydi.
Mufelli elektr pechlari. Pech kamerasi g‘ishtdan yasaladi. Kameralar devori issiqlikbardosh materiallardan qilingan kanalga ega bо‘lib, unda simli yoki lentali spirallar о‘rnatiladi. Mufelli elektr qizdirish qozoni rasmda qо‘rsatilgan. Suyuqlikli pech kamerasida joylashtiriladi. Bunday pechlarda qizdirish tez, yuqori xaroratga oson erishiladi. Mufelli pechlari ixcham, ishlatishda qulay va u kimyo sanoatida juda keng qо‘llaniladi.
Quvurli qizdirish elementli qurilmalar. Elektr qizdirish elementlaridan farqli ravishda izolyatsion material sifatida keramika, mikanit va slyududan foydalaniladi. Zamonaviy quvurli elektr qizdirgichlar (QEQ) metall patron bо‘lib, ularning quvurlari odatda mis, latun, uglerodli pо‘lat yoki austinit turidagi xrommonikelli pо‘lat X18N10T dan yasaladi, uning ichida nixron simdan yasalgan spiral tо‘ldirgichlar bilan jipslashtiriladi. Tо‘ldirgichlar sifati erigan mag‘niy oksidi (periglaz), alyuminiy oksidi yoki kvars qumi qо‘llaniladi. Tо‘ldirgich bir tomondan metall quvurdan spiralni elektr izolyatsiyalash uchun, ikkiyechi tomonidan issiqlik о‘tkazuvchi bо‘lib xizmat qiladi.
Quvurdan elektr qizdirgichlar (QEQ) bir va ikki spirali qilib yasaladi. Spirallar 0,2-1,6 mm diametrli nixrom simdan yasaladi, ular 7-19 mm diametrli quvurga qо‘yiladi. Quvurlar va spirallar orasida tо‘ldirish yuqorida kо‘rsatilgan materiallardan kukun naklida joylashtiriladi.
QEQ larni boshqa EQ lardan afzalliklari: qizdirgich patroni germitik, ya’ni elektr spiral kam zanglaydi; tо‘ldirgichni zich maxkamlanganligi spiralni patronni tebranishi va zarbasidan saqlaydi; tо‘ldirgichning katta issiqlik о‘tkazuvchanligi va issiqlik bardoshligi, spirallar, slyudalar, mikanit yoki boshqa izolyatsion materiallar bilan solishtirganda QEQ larning yuqori solishtirma issiqlik unudorligini ta’minlaydi. QEQ larning xizmat qilish muddati 5-8 yil va undan kо‘proq.


Download 31.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling