Induksion qizdirgichlar
Hozirgi vaqtda yuqori tok va sanoat chastotasi asosida induksion qizdirish texnologik jarayonlarda keng qо‘llaniladi: agressiv suyuqliklarni qizdirish, bug‘latish, quritish, preslash, metallarni eritish, payvandlash va boshqalar.
Induksion qizdirishning afzalliklari:
о‘tkazuvchi materiallarni tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri qizdirish imkoniyati;
tо‘qnashuvsiz qizdirish bu usulni ximoyali muxit va vakuumdan foydalanib avtomatlashtirilgan oqim sharoitida qо‘llash imkoniyatini beradi;
mexnat unumdorligini oshiradi va sanitariya gigiyena sharoitlarini yaxshilaydi.
1 - rasm. Induksion qizdirish qurilmasining prinsipial sxemasi.
a – pasaytiruvchi transformatorli; b - pasaytiruvchi transformator bо‘lmaganda; 1 – generator; 2 – kondensator batareyasi; 3 – induktor; 4 – qiziyotgan jism; 5-pasaytiruvchi transformator.
Induksion qizdirish qurilmasining sxemasi 1-rasmda kо‘rsatilgan. Yuzaviy qizdirish qurilmalarida, masalan, pо‘latlar toblashda, induktor generatorga pasaytiruvchi transformator orqali ulanadi (1-rasm, a). Kо‘p о‘ramli indukatorli qizdirgichlar generatorga tranormatorsiz ulanadi (1-rasm, b).
i
Do'stlaringiz bilan baham: |