Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi


himoya qurilmalarining elektr qismi


Download 1.18 Mb.
bet49/55
Sana22.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1793984
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55
Bog'liq
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI

himoya qurilmalarining elektr qismi

  1. Qoidalarning mazkur bobiga IAO` qurilmalarining va avtomatik boshqaruv tizimi (bundan keyin - ABT) texnik vositalarining elektr qismida ishlarni bajarishda rioya qilinishi shart.

IAO` qurilmalariga xizmat ko`rsatishda xavfsizlik choralari elektr stantsiyalar va issiqlik tarmoqlarining issiqlik mexanikasi uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

  1. IAO` qurilmalarining pultlari, taqsimlovchi shchitlari va yig`malarida kommutatsiya apparaturalarida operatsiyalarni III guruhga ega bo`lgan navbatchi yoki tezkor-ta`mirlash xodimi, shuningdek IV guruhga ega bo`lgan ta`mirlash brigadasining ish bajaruvchisi amalga oshirishi mumkin, agar naryad yoki farmoyish beruvchi shaxs naryadning «Alohida ko`rsatmalar» satriga yozma ravishda unga kommutatsion apparaturani yoqishni va o`chirishni topshirgaida, ishlar farmoyish bo`yicha bajarilayotganda esa - yozma ravishda farmoyishni ro`yxatga olishda.

  2. Issiqlik va elektr yuklamalariga ta`sir qiluvchi IAO` qurilmalarining elektr uskunalarini o`chirish stantsiya smena boshlig`i yoki texnologik tsex boshlig`i ruxsati (farmoyishi) olingandan keyin amalga oshirilishi zarur.

  3. IAO` qurilmalarida ishga qo`yishdan oldin texnologik uskunalar uchastkasini tayyorlash, texnologik uskuna qaysi tsexning tezkor boshqaruvida bo`lsa, o`sha tsexning navbatchi xodimi tomonidan amalga oshiriladi.

  4. Sozlash va ta`mirlash jarayonida ish bajaruvchining iltimosi bo`yicha regulyatorlarni sinash uchun ishlatib ko`rish, texnologik uskuna qaysi tsexning tezkor boshqaruvida bo`lsa, o`sha tsexning navbatchi xodimi tomonidan bajarilishi shart.

  5. IAO` qurilmalarida uskunaniig sxemasini yoki ish rejimini o`zgartirish talab qilmaydigan ta`mirlash, tekshirib ko`rish va sozlash ishlarini farmoyish bo`yicha bajarish mumkin.

  6. To`liq ta`mirlash jarayonida IAO` qurilmalari sxemasining ayrim elementlarini va sxema uchastkalarini yoki uzelini kuchlanish ostida sinab ko`rish va tekshirish texnologik tsexning smena boshlig`i (navbatchi) ruxsati bilan quyidagi shartlarga rioya etilganda bajariladi: ta`mirlash bo`yicha ishlar to`xtatilishi kerak, sinab ko`rilayotgan uskunadan odamlar chetlatilishi lozim, himoya qiluvchi yerga ulagichlar, to`siqlar va plakatlar olinishi shart.

Qo`ushni uchastkadagi brigadalar, ish joyidan kuchlanish olingan, tekshirib ko`rilayotgan uskuna bilan ish joyi orasida to`siq qo`yilgan va ishlayotgan xodimlarning xavfsizligi ta`minlanganda, ishlarini davom ettirishlari mumkin.

  1. Sinab ko`rishda, elektr uskunalarni bir necha marotaba o`chirish-yoqish bilan bog`liq bo`lgan ishlarni, naryadda tanaffuslarni rasmiylashtirmasdan turib, lekin xar bir o`chirish va yoqish oldidan zarur texnik shartlarni bajarib, amalga oshirishga ruxsat etiladi.

Elektr uskunalarini o`chirish va yoqish texnologik tsexning smena boshlig`i (navbatchisi) ruxsati bilan bajarilishi shart.

  1. IAO` qurilmalarida III guruhga ega bo`lgan xodim farmoyish bo`yicha bir o`zi quyidagi ishlarni bajarishi mumkin:

    • asboblarning qayd qiluvchi qismlarini sozlash;

    • manometrlarni (elektr kontaktli manometrlardan tashqari), difmanometrlarni, termoparalarni almashtirish;

    • blokli boshqaruv shchitlarida issiqlik texnika nazorati asboblaridagi nosozliklarni bartaraf qilish;

    • ABT hisoblash texnikasining texnik vositalar kompleksini ta`mirlash;

    • avtoregulyatorlarning elektron bloklari parametrlarini sozlash va tekshirish;

    • qisqichlar kutisini zichlash;

    • datchiklar, stendlar, boshqaruvchi mexanizmlar, panellarda va sh.o`. da markirovkalashni, yozuvlarni bajarish;

    • panellar va shchitlarni siqilgan havo bilan puflash.

Asboblarni ta`mirlash va sozlashni “O`zstandart” agentligining ushbu ishlarni bajarishga akkreditatsiya qilingan tarkibiy qismlari amalga oshiradi.

  1. Har xil tsexlardagi ishlab turgan elektr uskunalar va yig`malarda o`rnatilgan IAO` qurilmalarida bajariladigai barcha ishlar, ishlash kerak bo`lgan tsexning smena boshlig`i (navbatchisi) ruxsati bilan amalga oshirilishi shart.

  2. IAO` qurilmalarida naryadlar bo`yicha bajariladigai ishlarda ishga qo`yuvchi tsexning (uchastkaning) IAO` smena boshlig`i (navbatchisi) buladi. Smenada navbatchi xodim yo`q bo`lganda, hamda xudud bo`yicha bir-biridan uzoqda joylashgan ob`ektlarda naryad bo`yicha ishga qo`yuvchi tezkor-ta`mirlash xodimlaridan biri bo`lishi mumkin.

Farmoyish bo`yicha ishlaganda ishga qo`yishni IAO` uskunalari tsexining (uchastkasining) yoki farmoyishda ish joyi belgilangan boshqa tsexlarning (uchastkalarning) navbatchisi yoki tezkor- ta`mirlash xodimlari amalga oshirishi mumkin.

  1. Ko`chma yerga ulagichni o`rnatish va olish IAO` tsexining navbatchisi yoki tezkor-ta`mirlash xodimlari tomonidan bajarilishi shart. Elektr tsexi xodimlari xizmat ko`rsatadigan kommutatsion apparatura yordamida IAO` uskunalari o`chirilganda, o`chirilgan kommutatsion apparatlar oldida yerga ulagichni o`rnatish elektr tsexi xodimlari tomonidan bajarilishi shart.

XX bob. Avtomobillar, yuk ko`tarish mashiialari, mexanizmlar va narvonlarni qo`llash bilan ishlar

  1. Ishlab turgan elektr qurilmalarda yuk ko`tarish kranlarini qo`llash bilan ish bajarilganda, yuklarni kranlar bilan ko`chirishda ishni xavfsiz tashkil qilish bo`yicha javobgar IV guruhga ega bo`lgan muxandis-texnik xodim bo`lishi shart. Ushbu shaxsning vazifasi naryad beruvchiga yoki ish raxbariga yuklatilishi mumkin. YUklarni kranlar bilan xavfsiz ko`chirishga javobgar shaxsni tayinlash tartibi va ularning vazifalari yuk ko`tarish kranlariningtuzilishi va xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalariga muvofiq belgilanadi.

Ayrim hollarda, «Sanoatgeokontexnazorat» Davlat inspektsiyasining maxalliy organlari bilan kelishuv bo`yicha yuklarni kranlar bilan xavfsiz ko`chirishni nazorat qilish naryad bo`yicha ish bajaruvchiga topshirilishi mumkin. Bunday shaxs tayinlanganligi to`g`risidagi yozuv naryadning «Alohida ko`rsatmalar» satrida qayd qilinishi shart.

  1. Energetika korxonalari shtatida bo`lgan va ishlab turgan elektr qurilmalarda ishlaydigan xaydovchi va mashinistlar elektr xavfsizligi bo`yicha II guruhga ega bo`lishlari shart.

Begona tashkilot kranchilari yuk ko`tarish kranlarining tuzilishi va xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalarining umumiy talablariga muvofiq ishga qo`yiladi.

  1. OTQ bo`ylab va HL ning muxofaza zonasida avtomobillar, yuk ko`tarish mashinalari va mexanizmlarning xarakatiga mazkur Qoidalarning 491-bandida eslatilgan shaxslarning biri yoki V guruhga ega bo`lgan ma`muriy-texnik xodim nazorati ostida ruxsat etiladi. OTQ bo`ylab avtomobillar, yuk ko`tarish mashinalari va mexanizmlarning xarakatiga navbatchining yoki IV guruhga ega bo`lgan tezkor-ta`mirlash xodimlaridan tayinlangan ishga qo`yuvchining nazorati ostida ham ruxsat etiladi.

  2. OTQ bo`ylab va HL ostidan o`tayotganda yuk ko`tarish mashinalari va mexanizmlarning yukni ko`taruvchi va surilma qismlari transport holatida bo`lishi shart. Ish joyi chegarasida tekis joy bo`ylab yuk ko`taruvchi mashinalarning ishchi organlarini yuksiz va surilma yoki yuqoriga ko`taruvchi qismlari ko`tarilgan holda, odamlarsiz yurishiga ruxsat etiladi, agar bunday yurish mumkinligi, ushbu mexanizmni ishlab chiqargan korxona yo`riqnomasida qayd qilingan bo`lsa va bu mexanizm kuchlanish ostida bo`lgan shinalar va HL ostidan o`tmaydigan bo`lsa.

OTQda mexanizmlarning xarakat tezligi maxalliy sharoitlarga qarab aniqlanadi, lekin 10 km/s dan oshmasligi shart.
Avtomobillar, yuk ko`tarish mashinalari va mexanizmlar HL ostidan, simlarining solkiligi eng kam joylaridan (tayanchlar oldidan) utishlari lozim.

  1. Strelali yuk ko`tarish mexanizmlarini bevosita kuchlanish ostidagi HL simlari ostida o`rnatish va ishlatish man qilinadi.

YUk ko`tarish mashinasini (mexanizmini) chiqarilgan tirgaklarga o`rnatish va uning ishchi organini transport holatidan ishchi holatiga o`tkazishni, uni boshqaruvchi mashinist bajarishi shart. Ushbu maqsadlar uchun boshqa xizmatchilarni jalb qilish man etiladi.

  1. Avtomobillar, yuk ko`tarish mashinalari va mexanizmlarni o`tib ketishida, o`rnatishda va ishlatishda ularning ko`taruvchi va surilma qismlari, stroplari, yuk iladigan moslamalari, yuklari bilan kuchlanish ostida bo`lgan tok o`tkazuvchi qismlar o`rtasidagi masofa mazkur Qoidalarning 2-ilovasida keltirilgan masofadan kam bo`lmasligi shart.

  2. Teleskopik minoralar va gidroko`targich yordamida ish boshlashdan oldin, ularni ko`taruvchi va surilma qismlari tekshirilishi shart, teleskopik minoralarda esa, bundan tashqari mexanizmning ko`taruvchi qismi vertikal holatda o`rnatilishi va shunday holatni saqlay olishi shart.

  3. Burchak tayanchlarida izolyatorlarni va simlarni almashtirish yoki armaturalarni ta`mirlash jarayonida teleskopik minorani (gidroko`targichni), simlardan hosil bo`lgan burchak ichiga o`rnatish man qilinadi.

  4. OTQ da va HL ning muxofaza zonasida bajariladigai barcha ishlarda pnevmogildirakda yuradigan avtomobillar, yuk ko`tarish mashinalari va mexanizmlari yerga ulanishi shart. Yerga ulagich o`rnatilmaguncha, avtomobilning (yuk ko`tarish mashinasiniig, mexanizmning) korpusiga tegish, ularning ishchi organlarini, yuk iladigan moslamalarini va boshqa asosiy detallarini joyidan qo`zg`atish man etiladi.

Gusenitsali yuk ko`tarish mashinalari va mexanizmlari bevosita yerda turganda, ularni yerga ulash talab qilinmaydi.

  1. YUk ko`tarish mashinalari va mexanizmlari ishlayotganda, ko`tarilayotgan yuk, teleskopik minora savatchasi tagida, shuningdek tortilayotgan simlar (troslar), maxkamlagichlar, tirgovichlar va ishlab turgan mexanizmlarning bevosita yaqinida (5 m dan kam masofada) odamlarning turishi man qilinadi.

  2. Teleskopik minoradan (gidroko`targichdan) turib ishlaganda, xaydovchi bilan teleskopik minora savatidagi (osma kajavadagi) brigada a`zosi orasida bir-birini ko`radigan aloqa bo`lishi shart. Bunday aloqa bo`lmaganda, teleskopik minora yaqinida xaydovchiga savatni (osma kajavani) yuqoriga ko`tarish yoki pastga tushirish to`g`risidagi topshiriqni etkazib turuvchi brigada a`zosi turishi shart.

Teleskopik minorada (gidroko`targichda), savat (osma kajava) tubida turib, himoya kamarining arqoni bilan maxkam bog`lanib ishlash kerak.
Savatdan (osma kajavadan) tayanchga yoki uskunalarga o`tish va qaytib o`tish, faqat ish bajaruvchining ruxsati bilan amalga oshiriladi.

  1. Kranning strelasi yoki ko`taruvchi mexanizmning savati (osma kajavasi) kuchlanish ostida bo`lgan tok o`tkazuvchi qismlarga tekkan hollarda, mashinist darxol yuzaga kelgan kontaktni ajratishga choralar ko`rishi va mexanizmning xarakatlanuvchi qismlarini tok o`tkazuvchi qismlaridan mazkur Qoidalarning 2-ilovasida ko`rsatilgan masofadan kam bo`lmagan masofaga uzoqlashtirishga choralar ko`rishi shart.

Mexanizm (mashina) kuchlanish ostida qolganda, mexanizmdan yerga tushish yoki uning ustiga chiqish, shuningdek yerda turib unga tegish man qilinadi.
Mashinist atrofdagi xizmatchilarni mexanizm kuchlanish ostida ekanligi to`g`risida ogoxlantirishi shart.
Kuchlanish ostidagi avtomobil, yuk ko`tarish mashinasi yoki mexanizm yona boshlagan holatda, xaydovchi (mashinist) mashinani qo`li bilan ushlamasdan, oyoqlarini juftlab yerga sakrashi zarur. So`ng yer bo`ylab oyoklarini bir-biridan ajratmagan holda, oyoq kaftlari bilan mashinadan 8 m masofagacha uzoqlashishi kerak.

  1. 220 kV va undan past TQ da ko`chma metall narvonlarni qo`llash man qilinadi.

  2. 220 kV dan yuqori OTQ da ko`chma metall narvonlarni qo`llashga quyidagi shartlar bajarilganda ruxsat etiladi:

  • narvon gorizontal holatda ish bajaruvchi, navbatchi yoki IV guruhga ega bo`lgan tezkor-ta`mirlash xodimining uzluksiz nazorati ostida bir joydan ikkinchi joyga olib borilishi;

  • ko`chma narvondan ilashgan potentsialni yo`qotish uchun, unga yerga tegib turuvchi metall zanjir ulanishi shart.

XXI bob. Havozalar, surilar, konstruktsiyalar va uskunalarga chiqib

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling