Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi


§. Radio va radio rele liniyalari


Download 1.18 Mb.
bet46/55
Sana22.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1793984
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
Bog'liq
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI

§. Radio va radio rele liniyalari

  1. Tranzistorlar va mikrosxemalardan yig`ilgan radioapparaturadagi ishlarni farmoyish bo`yicha bajarishga ruxsat etiladi. Ish joyida rezinali dielektrik gilamchalar tushalgan yoki izolyatsiyalovchi tagliklar o`rnatilgan bo`lishi shart.

  2. 42 V gacha bo`lgan kuchlanish bilan ta`minlanadigan tranzistorlar va mikrosxemalardan yig`ilgan apparaturadagi ishlardan tashqari, radioapparaturaga xizmat ko`rsatishga biron-bir ta`mirlash ishlarini bajarish xuquqisiz, III guruhga ega bo`lgan bir ishchiga ruxsat beriladi.

  3. CHastotalar diapazoni 60 kGts - 300 GGts bo`lgan elektromagnit maydonida bajariladigai ishlarda davlat standartlari talablari bajarilishi shart.

  4. YUqori chastotali apparaturalarii sozlash va sinashlarda elektr tokidan shikastlanishga qarshi va yuqori elektr magnit maydoni nurlanishidan saqlanish uchun himoya vositalaridan foydalanish zarur.

Qo`llaniladigan himoya ko`zoynaklarning oynalari metallashtirilgan qoplamaga ega bo`lishi kerak.

  1. Nosozliklarni bartaraf qilish, sxemalarga o`zgartirishlar kiritish, antenna-fider qurilmalarini yigish va bo`laklarga ajratish ishlarini, ulardan kuchlanish olingandan keyin bajarish kerak.

Quyidagilar man etiladi:

  • qo`lda yoki badanning boshqa joylarida elektromagnit nurlanishi borligini issiqlik samarasi bo`yicha aniqlash;

  • himoya vositalarisiz energiya oqimining zichligi ruxsat etilganidan yuqori bo`lgan nurlanish zonasida bo`lish;

  • elektr magnit nurlanish manbaining ekranlarini buzish;

  • chiq ishlayotgan antenna-fider qurilmalari oldida turish.

  1. Minora va machtalarga o`rnatilgan tashqi antenna-fider qurilmalaridagi montaj va profilaktika ishlari IV va III guruhga ega bo`lgan xodimlardan iborat brigada bajarishi shart. Ish boshlashdan oldin yuqori chastota apparaturasi o`chirilishi shart.

  2. Antenna-machta inshootlarida ish bajarganda quyidagi talablar bajarilishi shart:

  • inshootga ko`tarilayotgan xizmatchilar balandlikda ish bajarish ruxsatiga ega bo`lishi shart;

  • ish boshlashdan oldin machtaning signal chiroqlari va antennani isitish o`chirilgan bo`lishi va «ULANMASIN! ODAMLAR ISHLAMOQDA» degan plakatlar osilishi shart;

  • machtalarda elektr signal chiroqlari lampalarini almashtirishda mazkur Qoidalarning 373,374-bandlari talablariga rioya qilish shart.

6-
Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling