Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi


§. Megaommetr va elektr o`lchash asboblari bilan ishlash


Download 1.18 Mb.
bet42/55
Sana22.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1793984
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55
Bog'liq
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI

§. Megaommetr va elektr o`lchash asboblari bilan ishlash

  1. Izolyatsiya qarshiligini megaommetr bilan o`lchash, o`chirilgan tok o`tkazuvchi qismlarda zaryadni yerga ulash orqali olingandan keyin amalga oshiriladi. Tok o`tkazuvchi qismlardan yerga ulagich, faqat megaommetr ulangandan keyin olinishi kerak.

  2. Megaommetr bilan tok o`tkazuvchi qismlarning izolyatsiya qarshiligini o`lchashda, o`lchash simlarini tok o`tkazuvchi qismlarga izolyatsiyalovchi tutqichlar (shtangalar) yordamida ulash kerak. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarda, bundan tashqari, dielektrik qo`lqoplardan foydalanish zarur.

  3. Megaommetr bilan ish bajarish jarayonida, megaommetrga ulangan tok o`tkazuvchi qismlarga tegish man kilanadi. Ish tamom bo`lgandan so`ng, tok o`tkazuvchi qismlardagi qoldiq zaryad, ularni qisqa vaqt yerga ulash bilan olinishi zarur.

  4. Izolyatsiya qarshiligini megaommetr bilan o`lchashni III guruhga ega bo`lgan bir odam bajarishi mumkin.

Agar izolyatsiya qarshiligini o`lchash, ushbu elektr uskunada bajarilayotgan ish xajmiga kirsa, naryad yoki farmoyishda bu to`g`risida qayd etish talab qilinmaydi.

  1. 1000 V gacha kuchlanish ostida bo`lgan elektr zanjirini uzishni talab qilgan asboblarni ulash va ajratish, ushbu zanjirdan kuchlanish olingandan keyin bajarilishi shart. Asboblarni ulash va ajratish elektr zanjirini uzishni talab kilmasa, bu ishlarni elektr himoya vositalarini qo`llab kuchlanish ostida bajarishga ijozat beriladi.

  2. 1000 V gacha kuchlanish ostida bo`lgan qurilmalarning elektr parametrlarini o`lchash talab qilingan hollarda, ko`chma o`lchash asbobining metall g`ilofi yerga ulanishi va maxsus shchuplardan yoki izolyatsion tutqichli ulovchi o`tkazgichlardan foydalanish lozim.

XVII bob. Kuchlanish ostida bo`lgan izolyatorlarni yuvish va tozalash

  1. Elektr qurilmalaridagi izolyatorlar shodalarini, tayanch izolyatorlarini va uskunaning chinni izolyatsiyasini tok o`tkazuvchi qismlardan kuchlanishni olmasdan turib, solishtirma o`tkazuvchanligi HL lari uchun 1430 mkSm/sm dan yuqori bo`lmagan va OTQ uchun 667 mkSm/sm bo`lgan uzluksiz tizillab oqayotgan suv oqimi bilan yuvish mumkin.

Oqim uzunligi mazkur Qoidalarning 8-ilovasida ko`rsatilgandan kam bo`lmasligi shart.

  1. YUvish jarayonida dastak, teleskopik minora va suvli tsisterna yerga ulangan bo`lishi shart.

Teleskopik minoradan turib yuvishda dastakka kiydirilgan uchlik ko`ndalang kesimi 25 mm2 dan kam bo`lmagan egiluvchan mis sim yordamida teleskopik minora savatchasi va avtotsisterna ramasi bilan ulangan bo`lishi shart.
Yerdan turib yuvishda dielektrik qo`lqoplardan foydalanish zarur, teleskopik minoradan yoki avtotsisternaga o`rnatilgan maxsus metall maydonchadan turib yuvishda dielektrik qo`lqoplardan foydalanish talab qilinmaydi.

  1. Yerdan turib yuvish jarayonida yuvish uchun ishlatilayotgan mashina yoki mexanizmlarga tegish, ushbu mashina kabinasidan yoki kuzovidan chiqish va unga kirish man etiladi. YUvish uchun ishlatilayotgan mashina va mexanizmlarga begona odamlarning yaqinlashishiga qarshi choralar qurilishi shart.

Suvli shlangni boshqa yerga ko`chirishga faqat, yuvish tamom bo`lganidan keyin ruxsat etiladi.

  1. YOTQ da tok o`tkazuvchi qismlardan kuchlanishni olmasdan, izolyatsiyalovchi shtangaga o`rnatilgan maxsus cho`tkalar yoki komplektida uchligi bo`lgan ichi teshik izolyatsiyalovchi shtangali chang yutish mashinasi yordamida izolyatorlarni tozalash mumkin.

Tozalash poldan yoki mustaxkam supadan turib bajarilishi kerak. Tozalash jarayonida dielektrik qo`lqoplarni qo`llash zarur.

  1. Ishni boshlashdan oldin izolyatsion shtangalarning yuzasi changdan tozalanishi shart. SHtangalarning ichki yuzasini muntazam ravishda va tozalash jarayonida changdan tozalab turish zarur.

XVIII bob. Dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalari
1-
Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling