Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi


Download 1.18 Mb.
bet43/55
Sana22.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1793984
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55
Bog'liq
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI

§. Umumiy talablar

  1. Mazkur bobning qoidalariga quyidagilarda ishlarni bajarishda rioya qilinishi shart:

    • aloqa kabel va havo liiiyalarida;

    • energetika korxonalarining aloqa apparat zallarida, krosslarda, aloqa radiouzellarida va xonalarida joylashgan DTBV uskunalari va qurilmalarida;

    • aloqa uskunalarida, havo elektr uzatish liniyalari orqali ishlaydigan yuqori chastotali aloqa, rele ximoyasi va telemexanika qurilmalarida;

    • sanoat televideniesi uskunalarida va hisoblash qurilmalarida (bundan keyin matnda qisqartirib - DTBV qurilmalari deb yuritiladi).

  2. Ish raxbari mazkur Qoidalarning 125-bandiga muvofiq va quyidagi ishlarda tayinlanishi zarur:

  • HL ni muxofaza zonasida mexanizmlar va yuk ko`tarish mashinalarini qo`llab bajariladigai ishlarda;

  • kuchlanish ostida bo`lgan HL ni muxofaza zonasida hamma turdagi tayanchlarni montaj qilish va simlarni (troslarni) almashtirishda, hamda boshqa HL bilan 1 klass fiderli radiouzatish liniyalari bilan, temir va shosse yo`llari bilan, kemalar qatnovi tashkil qilingan daryolar bilan kesishgan joylarda ish bajarishda;

  • ilashgan kuchlanish ostidagi va axoli punktlaridan o`tgan AHL da simlarni almashtirishda va montaj qilishda;

  • machtali o`tishlarni o`rnatishda, tugallovchi va burchak tayanchlarini almashtirishda;

  • AKL ni sinashda;

  • navbatchisiz ko`chaytirgich punktlari (bundan keyin - NKP) apparaturasi bilan ishlashda;

  • yerga ulagich pichog`ini ulamasdan, ulash filtrlaridagi ishlarda, filtr qurilmalaring ichini ochmasdan bajariladigai ishlar bundan mustasno. Naryad beruvchiga yuqorida sanab o`tilgan ishlardan tashqari boshqa ishlarda ham ish raxbari tayinlashga ruxsat etiladi.

  1. Ish joyini tayyorlash jarayonida kommutatsiya apparatlari bilan o`chirib-yoqish talab qilinmasa, DTBV da ta`mirlash xodimlaridan tayinlangan ish rahbari yoki ish bajaruvchi ishga qo`yuvchi shaxs vazifasini o`rindoshlik asosida bajarishiga ruxsat etiladi. Bunda ishga qo`yuvchi saqlagichlarni echishi va brigada a`zolari bilan birgalikda ko`chma yerga ulagichlarni o`rnatishi mumkin.

  2. DTBV qurilmalarida farmoyish bo`yicha , mazkur Qoidalarning 117-124, 126, 127 bandlarida ko`rsatilgan va quyidagi ishlar bajarilishi mumkin:

  • elektr uzatish liniyalari va 1-klass fiderli radiouzatish liniyalari ta`sir o`tkazmaydigan, o`chirilgan AHL va AKL dagi ishlar;

  • TQ larga o`rnatilgan NKP va yuqori chastotali aloqa apparaturalari, yuqori chastotali aloqa kanallarini ulash va elementlarini sozlash ishlaridan tashqari, DTBV qurilmalarini ta`mirlash, o`rnatish va sozlash ishlari.

2-
Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling