Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi


Download 1.18 Mb.
bet44/55
Sana22.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1793984
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55
Bog'liq
ELEKTR QURILMALARNI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI

§. Aloqa kabel liniyalari

  1. AKL ni yuqori kuchlanish bilan sinash jarayonida sinalayotgan uchastka chegaralangan bo`lishi shart. AKL ning sinalmayotgan uchastkalarida sinash kuchlanishi paydo bo`lishini oldini olish uchun, sinalayotgan uchastka bilan sinalmayotgan uchastka orasidagi hamma ulanishlar olib qo`yilgan bo`lishi shart.

  2. Izolyatsiyaning elektr mustaxkamligini sinash mobaynida, AKL ning har ikkala tomonida turgan xodimlar orasida o`zaro aloqa bo`lishi zarur.

  3. AKLning uzoqdagi tugash joyida o`rnatilgan telefon apparati sinash ishlarini boshlashdan oldin, ajratuvchi kondensatorlar (sig`imi 0,1 mkF va ishchi kuchlanishi 5-6 kV) orqali aloqa uchun ajratilgan juft simning xar bir tolasiga ulangan bo`lishi shart. Telefon apparati va kondensatorlarni quduq yoki kotlovan tashqarisida, rezinali dielektrik gilamcha tushalgan, taxta supada joylashtirish zarur. Telefon orqali gaplashishni, kabelda sinash kuchlanishi yo`q bo`lgan paytda va faqat ish raxbaridan chaqiriq olinganda amalga oshirish shart. Sinash jarayonida telefon apparatiga va ulangan simlarga tegish man qilinadi.

  4. Sinash jarayonida ish raxbarining telefon apparati o`chirilgan bo`lishi shart, uni sinash ishlari tamom bo`lganidan va kabeldan elektr zaryadi olingandan keyin ulash kerak.

  5. Kabelga sinash kuchlanishini berishdan oldin, ish raxbari telefon orqali brigada a`zolarini sinash ishlari boshlanganligi to`g`risida ogoxlantirishi shart.

  6. Sinash jarayonida bokslarda va kabelning ajratilgan uchlaridagi simlarda biron-bir almashlab ulashlar, shuningdek kabelga tegish man qilinadi.

  7. AKL da ko`chma o`lchash asboblari bilan o`lchashlar kamida ikki xodim, biri IV guruhga, boshqasi III guruhga ega bo`lgan xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim.

  8. Elektr uzatish liniyalari va o`zgaruvchan elektr toki bilan elektrlashtirilgan temir yo`llarning xavfli ta`siriga uchraydigan AKL da elektr o`lchash ishlarini himoya vositalarini qo`llab bajarish zarur.

  9. Kabellarni korroziyadan himoya qurilmalariga va daydi tok manbalaridan himoya qurilmalariga ulash, shuningdek katodli uskunalarda kuchlanishni olmay bajariladigan ishlar elektr himoya vositalarini qo`llab bajarilishi zarur.

Drenaj qurilmalarida ta`mirlash ishlarini, ushbu qurilma kontakt tarmog`i va kabel tarafidan o`chirilganidan keyin, hamda drenaj kabeli elektrlashtirilgan temir yo`l yoki tramvay kontakt tarmog`i tomonidan yerga ulangandai keyin bajarishga ruxsat etiladi.

  1. Kabelni o`zgarmas havo bosimi ostida saqlab turish uchun kompressor-signal qurilmasini (bundan keyin – KSQ ) ekspluatatsiya qilish, bosim ostida ishlayotgan idishlarning tuzilishi va xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan olib borilishi shart.

  2. KSQ ni ekspluatatsiya qilishga III guruhga ega bo`lgan xodimlarga ijozat beriladi.

  3. KSQ dagi barcha ishlar qurilma o`chirilganidan va kuchlanish olinganidan keyin, farmoyish bo`yicha bajarilishi mumkin.

  4. Quritish va avtomatika blokining oldi, orqa va yon tomoiidagi panellarni olishga va ishlarni boshlashga KSQ dan kuchlanish olinib, 15 minut o`tgandan keyin ruxsat etiladi.

Quritish va avtomatika bloki oldidagi hamma ishlarda rezinali dielektrik gilamchadan foydalanish zarur.

  1. NKP larni o`zgarmas va o`zgaruvchan tok bilan masofadan ta`minlash AKL da quyidagi ishlarni bajarishda o`chiriladi:

  • kabellarni montaj, demontaj qilishda, boshqa yerga ko`chirishda;

  • shikastlangan telefon aloqasini ta`mirlashda;

  • kabeldagi o`lchashlarda.

  1. NKP ni masofadan ta`minlash, DTBV navbatchisining xizmat ko`rsatiladigan kuchaytirish punktining (bundan keyin – XKKP ) navbatchisiga yoki boshlig`iga berilgan talabnomasi bo`yicha, o`chiriladi. Talabnomada kabelning nomi, ishning xarakteri va uchastkasi, ishni boshlash va tugatish vaqti, masofadan ta`minlash turi, ish raxbarining familiyasi ko`rsatiladi.

  2. NKP da masofadan ta`minotni o`chirish, bunga vakolatlangan shaxsdan ruxsat olingandan so`ng, XKKP navbatchisi yoki boshlig`i tomonidan ta`minlayotgan ko`chaytirish punktidan amalga oshiriladi.

Masofadan ta`minlashdan kuchlanish olingan kalitlar va tugmachalarga “ULANMASIN! LINIYADA ISH BAJARILMOQDA” degan plakat osilishi shart.
Masofadan ta`minotni uzatish zanjirida apparatura konstruktsiyasidan kelib chiqib, tegishli yoysimon egilgan simlar, saqlagichlar yoki boshqa elementlarni echish bilan uzilish joylarini hosil qilish kerak. Bunda dielektrik qo`lqoplardan foydalanish zarur.

  1. Masofadan ta`minlashni o`chirish bilan birga kabeldan teleboshqaruv va signalizatsiya qurilmalariga berilayotgan kuchlanish ham olinishi va ularning platasiga “ULANMASIN! LINIYADA ISH BAJARILMOQDA” degan plakat osilishi shart.

  2. NKPda ish bajarishga ruxsat olingandan keyin, ish raxbari ta`mirlash uchun mo`ljallangan kabelni aniqlashi, unda kuchlanish yo`qligini tekshirishi va uni razryadlashi shart. Bu ishlar himoya kuzoynagi va dielektrik qo`lqoplardan foydalanib bajarilishi zarur.

  3. Kabelda xavfsiz ishlashni ta`minlash uchun NKP ning masofadan ta`minotni qabul qilish zanjirida qo`shimcha uzilishlar hosil qilinishi shart. Simmetrik kabelning masofadan ta`minlash zanjirlarida ko`rinarli uzilish hosil qilish, bokslardan ikki juftli vilka olinishi bilan amalga oshirilishi kerak. Koaksial juftlarda ko`rinarli uzilish hosil qilish uchun filtrlar platasi va avtotransformatlar bloki oralig`idagi tegishli yoysimon egilgan simlar olinishi, simmetrik juftlarda esa, qo`shimcha tayanchda joylashgan bokslardagi yoysimon egilgan simlar ham olinishi kerak. Olishga mo`ljallangan yoysimon egilgan sim va vilkalar farqli buyoq bilan ajralib turishlari zarur.

  4. NKP dagi kabelda brigadani ishga qo`yish mazkur Qoidalarning 440-bandidagi tadbirlar bajarilgandan keyin, ish raxbari tomonidan amalga oshiriladi.

Korxonada masofadan ta`minlanadigan qurilmalarning ro`yxati bo`lishi shart. Qurilmalarni ekspluatatsiya kiluvchi xodimlar ushbu ro`yxat bilan tanishtirilgan bo`lishi shart.
3-
Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling