Elektr signali generatorlari


-rasm Qattiq ish rejimdagi stasionar ampli­tuda


Download 1.05 Mb.
bet10/18
Sana29.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1400015
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
OTABEK 2

1.9.9-rasm Qattiq ish rejimdagi stasionar ampli­tuda (a) va uning M ga bog’liqligi (b).
M>Mkr qiymatlarda uyg’onish bo’lishi uchun tash- qi turtki talab qilinmaydi. Tebranish hosil bo’lishi uchun sistemadagi kichik amplitudali flyuktuasiyalar yetarli bo’ladi.
Boshlang’ich ishchi nuqta dinamik xarakteristika- ning pastki egri chiziqli qismiga joylashgan bo’lsa, teskari bog’lanish chizig’i = f(U3) xarakteristikani M ning qiymatiga qarab yo bir nuqtada (M1), yoki ikki nuqtada (M2) kesib o’tadi. Ular rasmda tasvirlangan (1, 2, 3, 4, 5 nuqtalar). Mkr1 da ular kesishmaydi. Mkr2 qiymatlarda teskari bog’lanish koeffisiyen­ta kichik va generator uyg’onmaydi.
M = M2 qiymatda teskari bog’lanish chizig’i xarak­teristikani ikki nuqtada (3 va 5) kesib o’tadi. Bu ge­nerator ikkita muvozanat holatga ega bo’lishini ko’r- satadi. Lekin ulardan biri turg’un bo’lib, ikkinchisi turg’un emas.
Haqiqatan ham, agar generatorda Uct5 kuchlanish bilan ifodalanadigan tebranishlar hosil bo’lganda u biror sababga ko’ra kichrayib qolsa, tebranishning nav- batdagi davrida yanada kichraygan bo’lar edi. Nati- jada konturga kiritiladigan energiya kamayib, tebra­nish amplitudasi kichrayar, hatto tebranish so’nib qolar edi.
Agar tebranish amplitudasi Ust5 qiymatdan ortsa, zatvor kuchlanishi ortib, ning ortishiga, ya’pi kon­turga energiya kirishi ortishiga olib kelgan bo’lar edi. Bu tebranish amplitudasini yana orttirgan bo’lar edi. Lenin amplitudaiing bu ortishi "3" nuqta bilan ifo­dalanadigan ikkinchi muvozanat holatgacha davom etishi mumkin. U generatorning ikkinchi muvozanat holati bo’lib, yumshoq ish rejimidagi kabi turg’un amplitudali tebranishlarni xarakterlaydi (Ust3). Lekin bunda ge­neratorning uyg’onishi uchun yetarlicha katta amplituda­li turtki talab qilinadi.
Generatorning bunday ish rejimi uning qattiq ish rejimi deb ataladi. Unda generator tashqi turtkisiz uyg’onishi uchun uni yumshoq ish rejimiga mos keladigan muvozanat holatga (3-nuqtaga) o’tkazish kerak. Buning uchun teskari bog’lanish koeffisiyentini orttirish talab qilinadi.rasmdan ko’rinadiki, generator o’z-o’zidan uyg’onishi uchun teskari bog’lanish M = M1 qiymatga mos kelishn kerak. Bunda u = f(U3) chiziqni bir nuqtada kesib o’tadi. Bundam tashqari, generatorning tashqi turtkisiz uyg’onishi M>Mkr1 qiymatga ham mos ke­ladi.
Tashki turtki ta’sirisiz teskari bog’lanishning o’zgarishi bilan stasionar amplitudaning o’zgarishini ko’raylik. Bunda teskari bog’lanishning M < Mkp1 va Mkr2 qiymatlarga mos keladigan kattaliklarida generasiya bo’lmaydi. Faqat M=Mkr1 qiymatda tebranishlar sakrash bilan vujudga keladi (Ust2) va M ning ortishi bilan stasionar amplituda kattaligi o’sib boradi . Agar shunda M kichraya boshlasa, tebranishning stasionar amplitudasi ham kichrayadi. Lekin M = Mkr1 qiymatga erishilganda teb­ranish uzilmay davom qilaveradi (Ust < Ust2). U M= Mkr2 qiymatga erishilganda, sakrash bilan uziladi (Ust4).
Demak, teskari bog’lanishning uzatish koeffisiyenta ikkita kritik qiymatga ega bo’ladi. Ulardan da tebranish uyg’onsa, - da u uziladi.
Shunday qilib, generatorning qattiq ish rejimida ge­nerasiya sakrash bilan hosil bo’ladi va uziladi; tebranish yetarlicha katta amplitudaga ega bo’ladi. Bundan tashqari generatorning kattiq ish rejimi tejamkor rejim hisoblanadi, chunki u chiziqli bo’lmagan rejimda ishlaydi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling