Elektr signali generatorlari
Download 1.05 Mb.
|
OTABEK 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diodli elektron kalit.
- Tranzistorli kalit.
Elektron kalitlar. Implusli qurilmalarda tok va kuchlanishning kommutasiya qilishda elektron kalitlardan foydalinadi.
Elektron kalitni tashqi qurilma yoki signalning o’zi bilan boshqariluvchi nochiziqli to’rt qutbli sifatida qarash mumkin. Elektron kalit xususiyatini tavsiflashda 2.1.5-rasmda tasvirlangandek uning qarshiligi keskin o’zgaradigan chegara oldi soha tushunchasi kiritilgan bo’lib, kirish kuchlanishi shu soha qiymatiga erishganda kalit o’z holatini o’zgartiradi. 2.1.5-rasm Elektron kalit quyidagi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi. Kalitning tezkorligi qayta ulanish davomiyligi. Chegaraviy kuchlanish – elektron kalitning qarshiligini keskin o’zgaradigan kirish kuchlanishi. Elektron kalit sezgirligi – kalit qayta ulanishi uchun yetarli bo’lgan kirish kuchlanishining tushuvi. Elektron kalitning halaqitlarga chidamligi – impulsli halaqitlarga sezgirligini anglatadi. Elektron kalit chidamligi. Diodli elektron kalit. Diodli kalit sxemasi 2.1.6-rasmda tasvirlangan. 2.1.6-rasm Zanjirdagi diod ochilishi uchun A va B nuqtalarga to’g’ri kuchlanishni berish lozim yoki boshqacha aytganda Yesil kuchlanishi B nuqtada hosil qilgan kuchlanishdan katta bo’lgan kirish kuchlanishi berilishi lozim. Shuni qayd qilish lozimki diodda bo’ladigan o’tkinchi jarayonlar tufayli fayta ulanish vaqtida zanjirdagi tok yoki kuchlanish o’rnatilish vaqti bir qadar cho’ziladi. Bu diodning ko’rsatkichlari va ishlash rejimiga bog’liq bo’ladi. Tranzistorli kalit. Impulsli qurilmalardan eng ko’p tarqalgani bu tranzistorli elektron kalitdir. Ular asosida triggerlar, multvibratorlar va h.k. qurilmalarni tuzish mumkin. Tranzistorli kalit sxemasi va tranzistorning chiqish hamda kirish tavsifnomalari 2.1.7-rasmda tasvirlangan. 2.1.7a) rasm 2.1.7 b) rasm Tranzistorli elektron kalit: tok kesimi, normal aktiv, invers aktiv va to’yinish rejimlarida ishlaydi. Tranzistorli kalit sxemasi 2.1.7a-rasm umumiy emitterli kuchaytirgich sxemasiga o’xshasada bajaruvchi funksiyasi va aktiv elementning ish rejimlari bilan tubdan farq qiladi. Tranzistorli kalit tezkor kalit vazifasini bajarish borasida ikki holatda bo’ladi. Tranzistorning tok kesimi rejimiga mos keluvchi yopiq kalit holati. Tranzistorning to’yinish rejimiga yoki to’yinishga yaqin keluvchi ochiq kalit holati. Qayta ulanish jarayoniga qadar tranzistor aktiv rejimda ishlaydi. Kalitning statik tavsifnomasi to’liqligicha tranzistorning chiqish JK=f(UKE) (2.1.7b-rasm) va kirish Jb=f(UbE) (2.1.7b-rasm) tavsifnomalar oilasi bilan aniqlanadi. Tranzistorli kalitning kirish va chiqish ko’rsatkichlari. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling