Elektr signallar shaklini kuzatish va taxlil qilish. Signalning chastota-vaqt parametrlarini o‘lchash va spektrni taxlil qilish. O‘lchov signallarining generatorlari


Impulsli va impulsli-kodli modulyatsiyalangan signallar


Download 397.5 Kb.
bet7/20
Sana10.11.2023
Hajmi397.5 Kb.
#1763326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
8 (3)

4.3. Impulsli va impulsli-kodli modulyatsiyalangan signallar
O’lchash texnikasida keyingi yillarda asosan impulsli va impulsli-kodli modulyatsiyalangan signallar qo’llanilmoqda.
Impulsli modulatsiyalash
Impulsli modulatsiyalashda (4.11-rasm) eltuvchi (aniqrog‘i, quyi eltuvchi) tebranish sifatida turli davriy impulsli ketma-ketliklardan foydalaniladi va ularning parametrlaridan biriga o‘lchash axboroti kiritiladi. Diskret signallar uchun modulatsiyalash jarayonini impuls­larning parametrlarini manipulatsiyalash deb atash qabul qilingan.
Quyi eltuvchi tebrainsh amplitudasi Uelt, davomiyligi va takror­lanish davri bo‘lgan davriy to‘g‘ri to‘rtburchakli impulslar ketma-ketligi bo‘lsin (4.11-a rasm). Matematik hisoblashlarni ayoniy qilish va soddalashtirish uchun modulatsiyalovchi signal sifatida boshlang‘ich fazasi q0=90° bo‘lgan e(t)=E0cosωt garmonik tebranishni qabul qilamiz (4.11-b rasm).
Impulsli modulatsiyalashni modulatsiyalanadigan ketma-ketlik­ning o‘zgartiriladigan parametriga bog‘liq ravishda quyida­gilarga ajratiladi:
amplitudaviy-impulsli modulatsiya (AIM), bunda o‘lchash axboroti bo‘yicha boshlang‘ich impulslar ketma-ketligining ampli­tudasi o‘zgaradi (4.11-d rasm);
– kenglik-impulsli modulatsiya (KIM), bunda o‘lchash axboroti qonuni bo‘yicha boshlang‘ich impulslar ketma-ketligining kengligi (eni) o‘zgaradi (4.11-e rasm);
– fazaviy-impulsli modulatsiya (FIM) yoki vaqt-impulsli modu­latsiya (VIM), bunda o‘lchash axboroti qonuni bo‘yicha impuls­larning vaqt bo‘yicha vaziyati o‘zgaradi (4.11-f rasm);
– chastotaviy-impulsli modulatsiya (ChIM), bunda o‘lchash axboroti qonuni bo‘yicha eltuvchi tebranishlar impulslarining kelish chastotasi o‘zgaradi (4.11-g rasm);
– impulsli-kodli modulatsiya (IKM), bunda birlamchi signal raqamli kodga – bir xil davomiyllikka ega bo‘lgan impulslar (1 – «birlar») va pauzalar (0 – «nollar») ketma-ketligiga aylanadi. Bu modulatsiyalash turi (4.11-h rasm) hozirgi zamon o‘lchash texnika­sida eng keng qo‘llanilmoqda.

4.11-rasm. Impulsli modulyatsiyalash :
a) boshlang’ich impulslar ketma-ketligi; b) modulyatsiyalovchi signal;
d) AIM ; e) KIM; f) FIM; g) ChIM; h) IKM.

Download 397.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling