Elektr signallar shaklini kuzatish va taxlil qilish. Signalning chastota-vaqt parametrlarini o‘lchash va spektrni taxlil qilish. O‘lchov signallarining generatorlari
Download 397.5 Kb.
|
8 (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eksponentsial impuls
- Murakkab o’lchash signallarining matematik modellari
Birlik funksiya. Mazkur signalning (4.5-b rasm) soddalashtirilgan analitik ifodasini quyidagicha yozish qabul qilingan:
(4.17) s(t) funksiya birlik funksiya, ulanish funksiyasi yoki Xevisayd funksiyasi deb ataladi. Garmonik signalning spektral zichligi. u(t)=cosω0(t) signalning spektral zichligini aniqlaymiz. Furye to’g’ri almashtirish formulasi (4.9)ga bu signalni qo’yamiz va Eyler formulasi eφx = cosx + φsinx dan foydalanib, quyidagini topamiz: (4.18) Bu munosabatni ushbu ko’rinishda yozish mumkin: (4.19) Shunday qilib, chekli amplitudali garmonik (mazkur holda kosinusoidal) signalga nolga nisbatan –ωo va ωo chastotalarda simmetrik joylashgan delta funksiyalar ko’rinishidagi cheksiz katta amplitudali ikkita chiziqdan iborat diskret spektr mos keladi (4.6-rasm). Kosinusoidal signal bilan o’xshash ravishda spektral signal u(t)=sinωot ga (4.20) s pektral zichlik mos kelishini ko’rsatish qiyin emas. Bu yerda minus belgisi sinus funksiyaning toqligi natijasidir. Eksponentsial impuls. «Yarim cheksiz» davomiylikdagi bu signal birlik amplituda bilan quyidagicha yoziladi: (4.21) bu yerda a – haqiqiy parametr. Doimiy signal (kuchlanish, tok) elementar signallarning eng soddasidan (4.7-b rasm) biridir. Murakkab o’lchash signallarining matematik modellari Chiziqli ishora almashinuvchi signal (4.21-rasm) ushbu tenglama bilan tavsiflanadi: (4.22) Modulyatsiyalangan signallar. Metrologiyada modulyatsiyalash deb o’lchash signali e(t) ning biror uelt(t) statsionar signalning kelgusida o’zgartirish va uzatish qulay bo’ladigan fizik tabiati va vaqt ichida o’zgarish xarakteriga ega bo’lgan biror parametriga ta’sir ko’rsatadigan jarayon tushuniladi.
Eltuvchi signal deb ataladigan statsionar signal sifatida yo impulslar ketma-ketligini, yoki sinusoidal (garmonik) tebranish (4.23) ni qabul qilinadi, bu yerda Un – modulyatsiyalash yo’qligidagi amplituda; ω0 – burchak (doiraviy) chastota; φ0 – boshlang’ich faza; y(t)=ω0t+φ0 – to’la faza. Garmonik eltuvchi tebranishning parametrlaridan qaysinisiga ta’sir o’tkazilishiga bog’liq ravishda impulsli modulyatsiyaning amplitudaviy, chastotaviy, fazaviy va boshqa qator turlari ajratiladi. Modulyatsiyalashga teskari jarayon demodulyatsiyalash yoki detektorlash deb ataladi va modulyatsiyalangan signal tebranishdan modulyatsiyalovchi signalga proportsional signal hosil qilishdan iborat bo’ladi. Eng sodda modulyatsiyalangan signal amplitudaviy modulyatsiyalangan signal bo’lib, u axborotni eltuvchi tebranishning Uelt(t) amplitudasida joylashgan bo’ladi (4.9-rasm): (4.24) bu yerda k – o’lchamsiz proportsionallik koeffitsienti.
Modulyatsiyalovchi signal (4.25) ko’rinishdagi garmonik tebranish bo’lsin, bu yerda E0 – amplituda; – doiraviy chastota; T1 – davr. (4.26) U holda soddalashtirish uchun φ0=0 deb qabul qilib va (4.26) formulani (4.23)ga qo’yib, MA-signal uchun (4.27) ifodani hosil qilamiz, bu yerda kE0=∆U – MA-signal amplitudasining eltuvchi signal amplitudasi Uelt dan maksimal og’ishi: M=kE0/Uelt=∆U/Uelt – amplitudaviy modulyatsiya koeffitsienti yoki chuqurligi. φ0=90° boshlang’ich fazali eltuvchi chastota, modulyatsiyalovchi signal va MA-signallarning grafiklari 4.9-a-v rasmlarda ko’rsatilgan. Download 397.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling