«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua dts talablari asosida tuzilgan


Rudnotermik pechlar hakida ma’lumot


Download 0.53 Mb.
bet57/77
Sana22.11.2021
Hajmi0.53 Mb.
#176613
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   77
Bog'liq
ЕТК маруза

14.1. Rudnotermik pechlar hakida ma’lumot
Rudnotermik pechlar kimyo sanoati va metallurgiyaning asosiy texnologik agregatlari hisoblanadi. Ular yuqori birlamchi quvvatga ega bo‘lib, elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha ikkinchi guruh kategoriya elektr iste’molchilari hisoblanadilar.

Rudnotermik pechlarda par yoki gaz, suyuq eritma va yombi shaklidagi butun qattiq jism ko‘rinishida mahsulot olinadi. Tegishli metallar oksidlarini tiklovchilar, ya’ni uglerod, kremniy, alyuminiy kabilardan foydalangan holda tiklash yo‘li bilan temir bilan kremniy, marganets, volfram va boshqalarning ferroqorishmalari (masalan, ferrovolfram, ferromolibden, ferrovannadiy, ferrotitan va b.) olinadi.

Rudnotermik pechlardan foydalanish sohalarida, oyna mahsulotlari pechlari va metallurgiya agregatlari futerovkasini qurish uchun ishlatiladigan va elektroeritish usulida olingan yuqori haroratlarga chidamli materiallar ishlab chiqish muhim o‘rin tutadi. Bunda xom ashyo sifatida tuproq, sirkon, kvarsli qum kabilar ishlatilib, ochiq yoy bilan eritish usulida olinadigan korund, bakor kabi yuqori haroratlarga chidamli (o‘tga chidamli) materiallar yuqori darajada tarkiban toza va yuqori zichlikga ega. Ushbu jarayonlarda elektr energiyasining sarfi N =1800 - 2300 kVt*soat /tonna ni tashkil etadi.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling