«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua dts talablari asosida tuzilgan


Download 0.53 Mb.
bet62/77
Sana22.11.2021
Hajmi0.53 Mb.
#176613
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77
Bog'liq
ЕТК маруза

SHtok - elektrodushlagich sarflanuvchi elektrodni unga qotirish, elektrodni harakatga keltirish va elektrodni tok bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi.

Sarflanuvchi elektrodlar shtokka payvandlash yoki maxsus qisqichlar bilan turli usullarda qotiriladi. SHtok va elektrodlarni harakatga keltirish elektr yoki gidravlik yuritma yordamida amalga oshiriladi.

Kristallizator ichki gilza va po‘latdan yasalgan, magnitsizlantirilgan (nomagnit) tashqi kojuxdan iborat. Ularning orasida sovituvchi suv uchun bo‘shliq mavjud.



Poddon kristallizator tubini berkitgan holda qisman gilza ichigacha kiradi. Poddonning asosini misdan yasalgan katta massadagi disk tashkil etib, uning ustiga suv bilan sovitiluvchi po‘lat qatlami yuritilgan.

Solenoid kristallizatorning yon qismiga o‘rnatiladi. U kristallizator bilan birgalikda aksial magnit maydoni hosil qiladi. Solenoid maydoni yoydagi tok va vannadagi metalldan oqayotgan tok bilan ta’sirlashib yoy kuchlanishini ortishiga olib keladi (po‘lat uchun 19-19,5 dan 24-25V gacha), yoy yonishini stabillashtiradi va yoyni kristallizator devorlariga o‘tib ketishining oldini oladi.



    1. Download 0.53 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling