4.3. Elektr isitish va elektr qizdirish qurilmalari
Bunday qurilmalar toifasiga elektrokaloriferlar, radiatsion qizdirgichlar, elektr quritgichlar, elektr isitish qurilmalari, shuningdek, trubalarni, beton va er satxini qizdirish qurilmalari kiradi. qurilmalar sinfining ko‘pligi ular tomondan bajariladigan texnologik jarayonlarning turli - tumanligidan dalolat beradi.
Elektrokalorifer - kizdiruvchi elementlar va ventilyatordan iborat bo‘lgan qizdirish qurilmasidir. Asosiy parametrlari - quvvati 10 - 60 kVt; solishtirma yuza quvvati - 1 - 10 Vt/sm2; Kuchlanishi - 127, 220, 380 V; ishchi harorati 100 - 500 oS ; havo tezligi 5 - 20 m/sek.
Ishchi harorati 500 K bo‘lgan elektrokaloriferlarda izolyatorlarga osib qo‘yilishi mo‘ljallangan spiralsimon kizdiruvchi elementlar qo‘llaniladi. 400 K gacha xavo muhitini qizdirish uchun mo‘ljallangan elektrokaloriferlarda trubkasimon qizdiruvchi elementlar qo‘llaniladi. 1200 K va undan yuqori darajada havoni qizdirishida, qizdiruvchi elementi metall trubadan yasalgan elektrokaloriferlar qo‘llaniladi.
Radiatsion qizdirgichlar sanoat va qishloq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladi. Ular toifasiga och rangli lampali nurlatgichlar, och rangli kvars nurlatgichlari va to‘q rangli nurlatgichlar kiradi.
Elektr quritgichlar - radiatsion va aralash usullarda ishlash prinsipiga ega. Bu o‘ziga xos kamera bo‘lib, undagi havo muhiti kalorifer, trubkasimon qizdiruvchi elementlar va turli ochiq konstruksiyadagi kizdiruvchi elementlar yordamida qizdiriladi. Issiqlik effektivligini oshirish uchun quritgich paneli ko‘zguli qilib yasaladi. Ishlab chiqaruvchanlikni oshirish uchun uzluksiz ishlovchi quritgichlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |