«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua dts talablari asosida tuzilgan


Download 0.53 Mb.
bet25/77
Sana22.11.2021
Hajmi0.53 Mb.
#176613
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77
Bog'liq
ЕТК маруза

REJA:


1. Induksion qizdirish qurulmalari.

2. Po‘lat o‘zakli induksion pechlar.

3. Induksion kanal pechlarining ishlash prinsipi.

Tayanch so‘zlar va iboralar: Induksion usulda qizdirish, induksion kanal tipidagi pechlar, induksion kanal tipidagi pechlarning tuzilishi, induksion kanal tipidagi pechlar va kuch transformatori o‘rtasidagi farq, motor (markazdan qochish), qisish,uyurma va issiqlik effektlarining mohiyati, induktor, kanal.



5.1 Induksion qizdirish qurilmalari.

Tok o‘tkazuvchi jismlar, ya’ni birinchi va ikkinchi tartibli o‘tkazgichlarni induksion usulda qizdirish, o‘tkazgichlar tomonidan elektromagnit energiyani o‘zlashtirish oqibatida hosil bo‘luvchi uyurma toklar ta’sirida Djoul - Lens qonuniga ko‘ra ajraladigan issiqlik energiyasi orqali amalga oshirilishiga asoslangan.O‘zgaruvchan elektromagnit maydoni induktor tomonidan hosil qilinib, induktor qizdirilayotgan jismga (o‘tkazgichga) nisbatan tranformatorning birlamchi chulg‘ami (g‘altagi) sifatida hisoblanadi.Qizdirilayotgan jism esa bitta qisqa tutashgan chulg‘am sifatida tranformatorning ikkilamchi chulg‘ami vazifasini bajaradi.



Belgilanishiga ko‘ra barcha induksion qizdirish qurilmalari eritish pechlari, mikserlar va qizdirish qurilmalariga bo‘linadi. O‘z navbatida eritish pechlari po‘lat o‘zakli (kanalsimon) induksion pechlari va po‘lat o‘zaksiz (tigel) induksion pechlariga bo‘linadi. Induksion qizdirish qurilmalari esa asosan ikki guruhga, ya’ni to‘liq qizdirish va yuza qizdirish qurilmalariga bo‘lib o‘rganiladi. Bunday qurilmalarda past haroratdagi va yuqori haroratdagi qizdirish texnologik jarayonlari amalga oshiriladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling