5.3. Induksion kanal pechlarining ishlash prinsipi.
Induksion kanal pechlarning ishlash prinsipi quyidagi effektlar bilan xarakterlanadi:
Motor yoki markazdan qochish effekti asosan gorizontal kanalli induksion kanal pechlarida kuzatilib, kanaldagi metalldan oqayotgan tok bilan tarqalish oqimi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlashuv oqibatida hosil bo‘ladi. Ushbu ta’sirlashuv oqibatida hosil bo‘lgan kuch kanaldagi erigan (suyuq) metallni kanalning ichki yuzasidan tashqi yuzasiga itarishga harakat qiladi va suyuq metall yuzasining gorizontal tekisligiga nisbatan ma’lum burchakka og‘ishiga olib keladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |