Qisish effekti - kanaldagi metalldan oqayotgan tok va shu tok hosil qilayotgan magnit oqimining o‘zaro ta’sirlashuvi oqibatida hosil bo‘lib, suyuq metallga siquvchi kuch bilan ta’sir qiladi.
Uyurma effekti - o‘zgaruvchan kesim yuzaga ega yopiq kanalli induksion kanal pechlarida kuzatilib, kanaldagi metalldan oqayotgan turli zichlikdagi toklar va mazkur toklar hosil qilgan magnit oqimlarining o‘zaro ta’sirlashuvidan hosil bo‘ladi. Bunday induksion kanal pechlari kanallarining kesim yuza bo‘yicha kengaygan qismi pech konstruksiyasi tarkibidagi shaxta bilan tutashadi.
Issiqlik effekti - pechning kanal va shaxta qismlardagi metallar haroratining farqi, shuningdek kanal va shaxtadagi metallar zichligi o‘rtasidagi farq hisobiga hosil bo‘ladi. Bunday pechlar vertikal kanalga ega bo‘lib, shaxtadagi solishtirma og‘irligi katta bo‘lgan metall kanalning pastki qismiga tushib boradi, kanaldagi erigan, solishtirma og‘irligi kichikroq bulgan suyuq metall esa yuqoriga, shaxtaga chiqib boradi.
SHunday qilib induksion kanal pechlarining ishlashi davomida kuzatilayotgan effektlar oqibatidagi hosil bo‘layotgan kuchlar ta’sirida, metall doimo harakatda bo‘ladi (yopiq, qisqa tutash kanaldagi metall go‘yoki kanal bo‘ylab oqadi) va natijada eritilayotgan metall doimiy qorishuvda bo‘lib, tarkib jihatidan toza metall eritmasini olish imkonini beradi.
Nazorat savollari
1. Induksion kanal pechlarining ishlash prinsipi qanaqa?
2. Po‘lat o‘zakli induksion pechlar.
3. Induksion qizdirish pechlari necha xil ?
4. Issiqlik effekti nima?
5. Qisish effekti nima?
6. Uyurma effekti nima?
MAVZU -6
Induksion qizdirishning afzalliklari.
REJA:
1. Induksion qizdirish qurilmalari turlari.
2. To‘liq induksion qizdirish qurilmalar.
3. YUzalarini induksion qizdirish qurilmalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |