«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua dts talablari asosida tuzilgan
Download 0.53 Mb.
|
ЕТК маруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU -10 Elektr yoy pechlari. REJA: 1. Elektr yoyi. 2. Elektr yoy turlari.
Nazorat savollari
Induksion tigel pech turlari. Induksion tigel pechlarning qanaqa afzalliklari bor? Induksion tigel pechlarning elektr jihozlari. Pechning asosiy parametrlarini sanang. Sanoatda necha xil induksion tigel pechlaridan foydalaniladi? MAVZU -10 Elektr yoy pechlari. REJA: 1. Elektr yoyi. 2. Elektr yoy turlari. 3. O‘zgarmas tok elektr yoyi. Tayanch so‘zlar va iboralar: yoy razryadi, yoyning katodoldi va anodoldi bo‘laklari, elektr yoyining ustuni, yoyning volt-amper xarakteristikasi, ionizatsiyalash potensiali, katod va anod dog‘i, o‘zgarmas tok elektr yoyi, o‘zgaruvchan tok elektr yoyi, yoyning yonish zonasi, yoyning batamom o‘chish zonasi, yoy tokini cheklash zonasi.Elektr yoyi Katta miqdordagi issiqlik energiyasini talab qiladigan qator elektrotermik jarayonlarni amalga oshirishda organik yoqilg‘i hisobiga erishib bo‘lmaydigan yuqori haroratlarga, elektr yoy razryadi yoki oddiy qilib, aytganda elektr yoyi yordamida erishiladi. Ma’lumki, elektr yoyi to‘g‘risidagi qator fizik tushunchalar 1802 yilda rus fizigi V.V. Petrov tomonidan yoritib berilgan va hozirgi davrda, elektr yoyining turli jabhalarda keng foydalanilishi munosabati bilan, yoy to‘g‘risidagi tushunchalar atroflicha o‘rganilgan va boyitilgan. Elektr yoyi, elektr tokining gaz, par va vakuumdan o‘tishi oqibatida namoyon bo‘luvchi holatlarning biridir. Elektr yoyning asosiy xususiyatlari quyidagilardir; 1) yoy razryadi elektr tokining nisbatan katta qiymatlarida namoyon bo‘ladi, masalan metallar uchun bu ko‘rsatgich 0,5 A va undan yuqori qiymatlarni tashkil qiladi; 2) yoy markaziy qismning harorati 6000 - 18000 K ni tashkil qiladi; 3) katoddagi tokning zichligi katta bo‘lib, 102 - 103 A/mm2 ga teng; 4) yoyning katod oldi qismidagi kuchlanishning tushishi 10 - 20 V ga teng bo‘lib, amalda tokka bog‘liq emas. Elektr yoy razryadi uch bo‘lakka bo‘linadi deb qabul qilingan bo‘lib, bular - yoyning katod oldi bo‘lagi, anod oldi bo‘lagi va yoy ustuni bo‘lagi deb yuritiladi. YOyning katod oldi bo‘lagi bor yo‘g‘i 10-6 m ni tashkil etadi, undagi kuchlanish tushishi 10-20 V ni tashkil etadi, katod oldi elektr maydon kuchlanganligi 107 V/m ga teng. Katod oldi bo‘lakdagi o‘tkazuchanlik asosan elektron o‘tkazuvchanlikga egadir. Ionizatsiya jarayonini hosil qilish uchun elektronlar tomonidan ma’lum energiyani olish uchun etarli hisoblangan, “xaydash” kuchlanishi Ui ionizatsiyalash potensiali deb ataladi. Gazlar uchun uning kattaligi, jumladan, geliy uchun Ui = 24,58 V; vodorod uchun Ui = 13,3 V; metallar uchun undan ham kichik qiymatga, masalan mis parlari uchun Ui = 7,7 V ga tengdir. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling