12.2 Bilvosita ishlovchi elektr yoy pechlari
12-rasm
Bilvosita elektr yoy pechning sxemasi 12 - rasmda keltirilgan. Bir fazali bilvosita elektr yoy pechlarning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: 1- ichki qismi yuqori haroratlarga (o‘tga) chidamli material bilan futerovkalangan gorizontal vanna; 2-gorizontal vannaning qarama - qarshi devorlariga o‘rnatilgan elektrodlar. Elektrodlar sarf bo‘lib borishi mobaynida maxsus mexanizm yordamida bir-biriga qarab siljitib boriladi; 3 – eritilayotgan material. Ushbu material vannaga pech korpusi 5 ning yon darchasi orqali yuklanadi; 4-elektr yoyi.
Elektrodlar kuchlanish manbasiga ulangandan so‘ng maxsus mexanizm yordamida uchlari bir-biriga tutashtiriladi va buning oqibatida elektrodlar zanjirida tok hosil bo‘lgach, bir-biridan uzoqlashtiriladi va natijada yoy hosil bo‘ladi. YOyda hosil bo‘lgan issiqlik energiyasi o‘zlashtirilishi hisobiga metallarga issiqlik ishlovi beriladi yoki eritiladi. Metall eritib bo‘lingach, og‘dirish mexanizmi yordamida pech og‘diriladi va eritma maxsus idishlarga thkiladi. Pech quvvati manba tokini va elektrodlarni yaqinlashtirish yoki uzoqlashtirish natijasida yoy uzunligini o‘zgartirish hisobiga boshqariladi.
Pechning asosiy elektr jihozlarini pech transformatori, boshqarish reaktori va elektrodlarni uzatish mexanizmining elektr yuritmasi tashkil etadi.
Bilvosita EYOP lari 0,25 t va 0,5 t sig‘imiga ega. Ular mos ravishda quvvati 175 - 250 va 250 - 400 kV*A ga teng transformatorlar bilan ta’minlangan bo‘lib, bunday pechlarda grafitlashtirilgan elektrodlar qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |