Elektr yoy pechlari va turlari
Elektr yoy pechlari metallurgiya, kimyo, mashinasozlik va sanoatning boshqa jabhalarida qo‘llaniladilar. Ular quyidagi turlarga bo‘linadilar:
1. Bilvosita ishlovchi elektr yoy pechlari - ularda elektr yoyi issiqlik ishlovi berilayotgan (eritilayotgan) metall ustida joylashgan elektrodlar o‘rtasida hosil qilinadi va bunda elektr yoyi va metall o‘rtasidagi issiqlik almashuvi - nurli issiqlik almashuvi usuli orqali amalga oshiriladi.
2. Bevosita ishlovchi elektr yoy pechlari - ularda elektr yoyi elektrodlar uchi bilan metall o‘rtasida yonadi va bunda yoydagi issiqlik metallga nurli issiqlik almashuvi, konveksiya va issiqlik o‘tkazuvchanlik orqali uzatiladi.
3. karshilik elektr yoy pechlari - bunday pechlarda yoy elektr o‘tkazuvchan shixta qatlami ostida yonadi, bunda issiqlik qisman yoy razryadida va qisman shixta orqali tok oqib o‘tishi oqibatida eritilayotgan materialda ajralib chiqadi va pech xajmiga uzatilayotgan issiqlik-issiqlik o‘tkazuvchanlik, nurli issiqlik almashuvi va qisman konveksiya usullarida amalga oshiriladi.
4. Vakuum yoy pechlari - ularda elektr yoyi inert gazlarda yoki elektrod va suyuq metall vannasi o‘rtasida kichik bosim ostida eritilgan material (metall) parlarida hosil qilinadi (yonadi).
5. Plazmali pechlar va plazmali - yoy eritish qurilmalari - bunday qurilmalarda metallarga issiqlik ishlovi berish, elektr yoyi va u bilan biriktirilgan inert gazining plazma oqimi yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |