«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua dts talablari asosida tuzilgan
Bevosita ishlovchi elektr yoy pechlari
Download 0.53 Mb.
|
ЕТК маруза
12.3 Bevosita ishlovchi elektr yoy pechlari
Bevosita elektr yoy pechlar asosan keyinchalik prokat sexlarida quyma yombi olish uchun mo‘ljallangan po‘lat eritish uchun belgilangan. SHuningdek, olingan po‘lat mahsuloti mashinasozlik zavodlarida fasonli quyish orqali metallurgik xom ashyo olish uchun ishlatiladi. Bevosita elektr yoy pechlarining tuzilishi va ishlash prinsipini po‘lat eritish yoy pechlari misolida ko‘ramiz. Po‘lat eritish yoy pechining sxemasi 13-rasmda keltirilgan. Pechning tuzilishi : 13-rasm
1 - po‘lat kojux; 2 - yuqori haroratga ( o‘tga) chidamli futerovka; 3- o‘tadigan pechning svod qismi 4- elektrodlar 5-elektrodlarni ko‘tarish mexanizmi; 6 - elektr yoyi.
Elektrotexnik po‘latni eritish jarayoni quyidagi jarayonlar ketma - ketligidan iborat: - metallom (ruda, skrap) ni eritish; - qorishmani turli qo‘shilma va gazlardan tozalash; - metall raskisleniesi(metallni kisloroddan tozalash); - qorishmaga legirlovchi komponentlar qo‘shish; - rafinatsiya jarayoni(tozalash,oqlash); - eritmani avval maxsus chhmichga (kovshga) va undan tegishli formalarga quyish. Katta xajmdagi pechlarda eritish jarayoni 4-6 soat davom etib, undan 1,5 - 2,5 soati eritishga, 2-4 soati metallni oksidlash va rafinatsiya qilish uchun sarflanadi. Po‘lat eritish yoy pechning elektr ta’minoti bosh zanjirining sxemasi quyida 14-rasmda keltirilgan. Ushbu sxema bosh zanjir va yordamchi zanjirlardan (boshqarish, o‘lchov asboblari, himoya qilish va avtomatika zanjiri ) iborat. Bosh zanjir birlamchi va ikkilamchi zanjirlardan iborat bo‘lib, birlamchi zanjirni o‘zaro ketma-ket ulangan o‘tkazgichlar, yuqori kuchlanish apparatlari, drossel va pech transformatorlarining birlamchi chulg‘ami tashkil qiladi. Ikkilamchi zanjirni esa o‘zaro ketma-ket ulangan pech transformatorining ikkilamchi chulg‘ami, qisqa tarmoq o‘tkazgichlari, elektrodlar va elektr yoyi tashkil etadi.
14 – rasm Bunda pech transformatorining ikkilamchi chulg‘amidan elektrodlargacha bo‘lgan o‘tkazgichlar qisqa tarmoqni tashkil etadi. 14 - rasmda keltirilgan belgilanishlar, bular, 1 - yuqori kuchlanish shinalari; 2 - raz’edinitel (ajratgich) ; 3 – vыklyuchatellar(ulab- uzgichlar) ; 4 - reaktor ; 5 - pech transformatori (kuchlanishi 6,10,35 kV va quvvati katta pechlar uchun 110 kV ); 6 - qisqa tarmoq (tok qiymati 110 kA va undan yuqori) ; 7 - Po‘lat eritish yoy pech Po‘lat eritish yoy pechga, jumladan uning elektr ta’minoti tizimiga quyidagi talablar qo‘yiladi: - pech quvvatini ravon boshqarish imkoniyati; - pech sig‘imida tiklanuvchi muhitni hosil qilish imkoniyati; - pech elektr jihozlarining pechda tez - tez takrorlanuvchan ekspluatatsion qisqa tutashuvlarini tez va aniq bartaraf etish imkoniyatiga ega bo‘lish kabilardir. Po‘lat eritish yoy pechlarining asosiy ko‘rsatkichlarini quyidagi misolda ko‘ramiz: - pechni tipi DS - 0.5 .. DSP- 200 - nominal quvvati 400 -45000 [kV.A] - birlamchi kuchlanish 6;10 ..……. 35 [kV] - ikkilamchi kuchlanishni rostlash chegarasi 213-110 ..…. 591,5 - 164,1[V] - ikkilamchi chulg‘amdagi tok 1,085 .………… 43.9 [kA] - elektr energiyasining solishtirma sarfi 650 ..... 400 [kVt.soat/t]
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling