Vakuum yoy pechlarining elektr jihozlari
Vakuum yoy pechlarining elektr jihozlari. Vakuum yoy pechlarning (kuch) bosh zanjiri tarkibiga quyidagilar kiradi: elektr energiya manbasi, manbadan pechgacha tok tarmog‘i, pech konstruksiyasidagi tok tarmoqlari, tok uzatuvchi shtok, elektrodushlagich, sarflanuvchan elektrod, quyma yombi, kristallizator, vakuum kamerasi.
Vakuum yoy pechlarning prinsipial elektr sxemasi va uning almashtirish sxemasi 18 - rasmda keltirilgan.
18-rasm
18 - rasmda:
1 - shinali tok o‘tkazgich, rsh;
2 - vыklyuchatel;
3 - ballast qarshilik, rb;
4 - egiluvchan kabel, rgk ;
5 - vakuum yoy pechi, rd;
6 - kristallizatorga ulanuvchi shinali tok o‘tkazgich, rt;
Pech kuch zanjirining to‘la qarshiligi : R=rshkrgkkrkkrt
Elektr yoy pechlarining elektr manbalari quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Zarur bo‘lgan issiqlik quvvatini ta’minlovchi, o‘nlab kiloamper tokning kattaligini belgilovchi yoyning kichik qiymatdagi qarshiligi.
2. kuvvatni keng diapozonda (1 : 8) boshqarish imkoniyati.
3. Pech quvvatini belgilangan darajada va yuqori stabillik bilan ushlab turish imkoniyati (2 foizdan og‘magan holda ).
4. YUqori ishonchlilikga ega bo‘lishning muhimligi, chunki pechning kutilmaganda manbadan uzilishi eritilayotgan mahsulotdan mahrum bo‘lishga olib keladi.
Bugungi kunda elektr yoy pechlarining manbasi sifatida GPN - 550 tipidagi mashinali o‘zgartirgichlar qo‘llanilib kelinmokda. Uning kuvvati 645-675 kVt , nominal toki 6500 va 14000 A, salt yurish kuchlanishi 85 - 40 V.
YAngi chiqarilayotgan qurilmalar tarkibiga quyidagi tipdagi agregatlardan biri kiradi: boshqarilmaydigan ventillardan tuzilgan to‘g‘rilagich; tirristorlar asosidagi to‘g‘rilagichlar; parametrik tok manbalari.
Agregatlarning birinchi turi, boshqarilmaydigan ventillar asosidagi to‘g‘rilagichlar (misol tariqasida VAKP seriyadagisi uchun) ishlash prinsipi ventillarga ketma-ket ulangan drossellar yordamida tokni boshqargan holda stabillashtirish prinsipiga asoslangan. Bunday agregatlar 12,5; 25,0; 37,5 kA toklarda, 75 V kuchlanishda ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, yoydagi kuchlanish 25 - 35 V va quvvati 940-2800 kVt ga teng.
Tiristorlar asosidagi to‘g‘rilagichlar 6 yoki 10 kV kuchlanishdagi manbaga ulanib, transformatorning birlamchi chulg‘ami RPN bilan jihozlangan. Nominal tok qiymati 12,5 - 50 kA va quvvat koefitsienti 0,6 ga, ikkilamchi kuchlanish 75 - 115 V ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |