«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua dts talablari asosida tuzilgan


Download 0.53 Mb.
bet65/77
Sana22.11.2021
Hajmi0.53 Mb.
#176613
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   77
Bog'liq
ЕТК маруза

Tayanch so‘zlar va iboralar: Payvandlash turlari, ionizatsiyalash potensiali, payvandlash qurilmalarining tashqi xarakteristikasi, payvandlash qurilmalarining statik xarakteristikasi, tok manbalariga talablar, ishlash rejimlari, plastik payvandlash, elektr payvandlash, kontaktli (qarshilik) usulida payvandlash, payvandlash qurilmalarining ish rejimlari, takror-lanuvchan qisqa muddatli rejim, ulanish davomiyligi (PR yoki PV).



16.1. Payvandlash turlari


Payvandlash deb, tarkib jihatidan birlikni hosil qilishni ta’minlovchi ajralmas tutashtirish usuliga aytiladi. Payvandlashda tutashtirilayotgan yuzalar erish haroratigacha qizdiriladi. Bunda “xamirsimon” darajagacha keltirilgan metall atomlari katta harakatlanuvchanlikka kelib, 1 va 2 metall yuzalarni tutashtirish orqali hosil qilingan nuqtalar A, V, va S larda umumiy kristallar hosil qiladi. Agar ushbu yuzalarga tashqi R kuch bilan ta’sir etilsa, bunday nuqtalar soni ko‘payadi. Bunday usulda metallar yuzalarini tutashtirish usuli plastik payvandlash deb yuritiladi. Bunday usulda hosil qilingan tutashmaning mustahkamligi juda kichik bo‘lib, qator kamchilikka ega, shuning uchun XX - asr boshlarigacha metall yuzalarini “zaklyopkalash” usulida tutashtirib kelingan. Texnika rivoji borgan sari mustahkam tutashmalar hosil qilishni talab etishi oqibatida payvandlashning yangi usullari ishlab chiqilgan. Bundaylardan biri 1882 yilda rus fizik - mu’andisi V.V. Benardos tomonidan ishlab chiqilgan eritish bilan payvandlash usulidir. Bunda ishlatilayotgan energiya turiga ko‘ra payvandlash usullari asosan ikki guruxga, ya’ni kimyoviy va elektr payvandlash usullariga bo‘linadi. Elektr payvandlash esa o‘z navbatida quyidagicha klassifikatsiya qilinadi:


Elektr payvandlash usullaridan elektr yoy payvandlash va kontaktli (qarshilik) usulida payvandlash eng keng tarqalgandir.

Metall elektrod yordamida payvandlash 1888 yilda N.G. Slavyanov tomonidan taklif etilgan bo‘lib, u payvandlash jarayoni uchun maxsus payvandlash generatori va yordamchi jihozlarni ishlab chiqqan.

XIX asrning oxirlariga kelib butun dunyoda 100 ga yaqin payvandlash qurilmalari bo‘lib, ulardan taxminan 10 tasi Rossiyaga to‘g‘ri kelgan. 1924 yilga kelib, Sankt-Peterburg “Elektrik“ zavodida payvandlash mashinalari va qurilmalarini ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilgan.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling