16.3 Payvandlash qurilmalarining xarakteristikalari.
Odatdagi elektr payvandlash yoy ustunida Vj=510V ga teng bo‘lgan metall parlari mavjudligi inobatga olinsa, payvandlash yoyidagi harorat 5000 – 8000 K ni tashkil qilishi extimoldan yiroq emas.
Payvandlash qurilmalari tok manbalarining asosiy xarakteristikasi uning tashqi xarakteristikasi bo‘lib, ushbu xarakteristika o‘zidan manba kuchlanishi bilan yuklamadagi tok o‘rtasidagi bog‘lanishni ifodalaydi. O‘z o‘rnida payvandlash yoyi o‘zidan yuklamani ifodalab, yoy kuchlanishi bilan payvandlash toki o‘rtasidagi bog‘lanish – statik xarakteristikasi bilan xarakterlanadi.
Kattiq xarakteristika (1) ga ega bo‘lgan yoy tok manbasining tashqi xarakteristika (2,3) lari 2 – rasmda keltirilgan.
Kattiq statik xarakteristika (1) ga ega bo‘lgan qo‘l elektr yoy payvandlash qurilmasi manbasining tashqi xarakteristikasi (2) yumshoq pasayuvchan bo‘lishi lozim. Tashqi xarakteristikaning ishchi zonasidan xarakteristikaning krutiznasi (o‘iyaligi) qancha ata bo‘lsa (K nuqtasi) yoy uzunligining ancha-muncha o‘zgarishi oqibatidagi tokning o‘zgarishi shuncha kam bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |