Elektr toki Tok kuchi Elektr yurituvchi kuch
O’tkazgichning ko’ndalang kesim yuzasi orqali vaqt birligi ichida oqib o’tgan zaryad miqdoriga
Download 176.96 Kb.
|
elektir zanjir
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amper Andre Mari
- O’tkazgichning ko’ndalang kesim yuzasi birligidan o’tadigan tok kuchi tok zichligi deb ataladi
- Elektr yurituvchi kuch. Eyuk
O’tkazgichning ko’ndalang kesim yuzasi orqali vaqt birligi ichida oqib o’tgan zaryad miqdoriga tok kuchi deb ataladi.
Tok kuchi I harfi bilan belgilanadi. Bu yerda: Q – zaryad miqdori, Kl t - vaqt, s Tok kuchining birligi sifatida fransiyalik olim Amper Andre Mari (1775- 1836) shrafiga Amper qabul qilingan. Odatda tok kuchining birligi sifatida Amperdan tashqari uning ulushlari va karrali bo’laklariga to’g’ri kelgan tok kuchi birliklari ishlatiladi. 1 mikroAmper = 1mkA = 0.000001A = 10-6 A 1 milliAmper = 1mA = 0.001A = 10-3A Tok kuchi ampermetr deb ataluvchi asbobda o’lchanadi. Ampermetr elektr zanjirga ketma – ket ulanadi. O’tkazgichning ko’ndalang kesim yuzasi birligidan o’tadigan tok kuchi tok zichligi deb ataladi Tok zichligi birligi Tok zichligining zaryadlar zichligiga bogiiqligi. Endi tok zichligining o‘tkazgichdagi zaryadlarning harakat tezligiga bog‘liqligini ko'raylik. Buning uchun silindrsimon o‘tkazgichni ajratib olamiz (- rasm) Agar silindrdagi zaryad tashuvchilarning konsentratsiyasi n, zaryadi e bo‘lsa, unda o‘tkazgichning ko‘ndalang kesim yuzidan miqdordagi zaryad o‘tadi. D emak, tok kuchi Shunday qilib, o‘tkazgichdagi tok zichligi undagi erkin zaryad tashuvchilarning konsentratsiyasiga va ularning harakat tezligiga bog‘liq ekan. Birlik musbat zaryadni kuchirishda bajarilgan ishga teng kattalik elektr kuchlanish deyiladi Bu yerda: A – zaryadni ko’chirishda bajarilgan ish, Joul q- zaryad, Kl Elektr kuchlanish voltmetr deb ataluvchi asbobda o’lchanadi. Voltmetr elektr zanjirga parallel ulanadi. Elektr yurituvchi kuch. Eyuk Zanjirda elektr toki uzoq vaqt oqib turishi uchun ichida uzluksiz ravishda elektr zaryadlar ajralib turadigan va buning natijasida qutblari orasida stasionar elektr maydon hosil qilib turiladigan manba zarur. Ta’siri natijasida manbada zaryadlarning bo’linishi sodir bo’ladigan kuchlar tashqi kuchlar deb ataladi. Zaryadlarni bo’lish ishini bajaradigan qurilma tok manbai deb ataladi. Zaryadlar tashqi kuchlar ta’sirida tok manbai ichida, elektr maydoni kuchlari ta’siriga qarama – qarshi yo’nalishda harakat qiladi. Buning natijasida zaryadlarni bir qutbdan ikkinchi qutbga o’tkazib turadi, ya’ni zaryadlarni bo’lish bo’yicha ish bajaradi va bir qutbda elektronlar ortiqchaligini (manfiy qutbda), boshqasida elektronlar etishmasligini (musbat qutbda) ta’minlaydi,boshqacha aytganda bu qutblar orasida potensiallar ayirmasini hosil qiladi. Zaryadlarning bo’linishi qanday jarayon yordamida sodir bo’lishiga qarab, tok manbaining nomi har - xil bo’ladi. Galvanik elementlar, akkumulyatorlar, generatorlar va hakazo. Tashqi kuchlar galvanik elementlarda kimyoviy reaksiyalar natijasida vujudga keladi, elektr stansiyalardagi generatorlarda rotor aylanishining mexanik energiyasi hisobida bo’ladi. Tok manbaini qo’polroq qilib, nasosga o’xshatish mumkin. O’tkazgichdagi elektr toki bilan suyuqlikning trubalarda oqishi o’rtasida o’xshashlikni ko’rish mumkin. Gorizontal trubaning har qanday qismida suyuqlik doimiy oqib turishi uchun nasos bo’lishi kerak. Nasos tok manbaiga o’xshaydi, harakatlanuvchi porshen tomonidan suyuqlikka ta’sir etuvchi kuch esa tashqi kuchlarga o’xshaydi. Tok manbaining energetik xarakteristikasi bo’lib xizmat qiladigan kattalik elektr yurituvchi kuch (EYuK) deb ataladi. Berk zanjirda elektr zaryadni ko’chirishda tashqi kuchlar bajargan ishning shu zaryad miqdoriga nisbati - elektr yurituvchi kuch (EYuK) deb ataladi. Elektr yurituvchi kuch (EYuK) birligi Volt. Shunday qilib tok manbaining EYuK ini o’lchash uchun unga voltmetrni zanjir ochiq bo’lganda ulash kerak. Elektr zanjiri bir – biridan farq qiluvchi ikki qismdan iborat. Zanjirning zaryadlar elektr kuchlari ta’siri yo’nalishida harakatlanadigan qismi zanjirning tashqi qismi deb, zanjirning zaryadlar tashqi kuchlar ta’siri yo’nalishida harakatlanadigan qismi esa zanjirning ichki qismi deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda, elektr energiya manbai zanjirning ichki qismi, zanjirning qolgan hamma qismi uning tashqi qismidir. Download 176.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling