Elektr toki va uning xarakteristikasi
“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
elektr-toki-va-uning-xarakteristikasi
“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali
№13 153 linyalarida energiya sezilarli miqdorda isrof boʻladi, chunki tok uzatish oʻtkazgichlar orqali oʻtganda ularni qizdiradi. Joul-Lens qonuniga muofiq, oʻtkazgich simlarini qizdirish uchun sarf boʻladigan energiya miqdori Q=I 2 RT formula bilan aniqlanadi, bu yerda R oʻtkazgich qarshiligi. Elektr energiyasini uzatish foydaliroq boʻlish uchun oʻtkazgichlarni qizdirishga ketadigan issiqlik energiyasi mumkin qadar kamtirilishi kerak. Joul-Lens qonuni bu masalani hal qilishning ikki yoʻlini koʻrsatib beradi: 1) Energiya: oʻtkazgich simlarining qarshiligini kamaytirish kerak. Buning uchun yoʻgʻon simlar ishlatish kerak lekin turmushda buni amalga oshirib boʻlmaydi chunki oʻrkazgichning qarshiligini necha martta kamaytirilsa, uning massasi shuncha martta ortib ketishi mumkin. Qimmat turadigan rangli metallarni bunchalik koʻp sarflashga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi bundan tashqari ogʻir simlarni baland minoralarga oʻrnatish bilan bogʻliq boʻlgan va boshqa qiyinchiliklar ham tugʻiladi. 2) Uzatish: oʻtkazgichlardagi tok kuchini kamaytirish lozim. Ammo tok quvvatini saqlash uchun tok kuchini faqat kuchlanishni oshirish yoʻli bilangina kamaytirish mumkin. Elektr energiyasini uzatish oʻtkazgichlar orasidagi kuchlanish yuqori boʻlsagina u shuncha yuqori boʻladi. Chunki, P=IU quvvat formulasidan koʻrinishicha, tok kuchi shuncha kamayadi va oʻtkazgichlardagi isrof tok kuchi kattaligining kvadratiga praporsional ravishda kamayadi. Hozirgi zamon sharoitida elektr energiyasini olisga uzatishni transformatorsiz amalga oshirish mumkin emas chunki, transformatorlar yordamida oʻzaguruvchan tokning uzatiladigan quvvatini oʻzgartirmagan holda uning kuchlanishi oʻzgartirib berishi mumkin. Quyidagi sxema orqali elektr energiyasini olisga uzatishni quyidagicha tasavvur qilish mumkin. 3-rasm. Elektr energiyasini uzatish sxemasi. Elektr stansiyasiga yuksaltiruvchi transformator oʻrnatiladi. Yuqori kuchlanishli tok energiyasi istemolchiga toʻgʻridan toʻgʻri uzatiladi. Istemolchi oldiga pasaytiruvchi transformatorlar oʻrnatish bilan istemolchi elektr energiyadan hayot uchun havfsiz va izolyatsiyaning maxsus usullarini talab etmaydigan normal kuchlanishidan foydalanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling