Elеktr tоkiga tushishdan himоyalanish choralari Elеktr tоki ta’siriga tushish turlari va darajasi Insоnni tоk ta’siri оstidan оzоd qilishda tеxnika xavfsizligi va dastlabki yordam Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
Download 1.3 Mb.
|
Sabirov Mirzohid Muzaffar o\'g\'li 932-19
2.2. Sinxronizatsiya tizimi himoyasi
Sinxronizatsiya tizimi avariya holatlari sodir bo'lgan taqdirda ham ishlash qobiliyatini yo'qotmasligi kerak: generator qurilmalarining ishdan chiqishi, sinxrosignal uzatuvchi zanjirlarning uzilishi. Buning uchun generator qurilmasining zahirasi yaratiladi va har bir tarmoq elementi uchun sinxrosignalni uzatish esa kamida ikkita alternativ yo'nalish bo'yicha uzatiladi. Sinxrosignal manbasini tanlaganda esa barcha kelayotgan manba signallaridan sifati eng yuqori manba signali tanlanadi. Agar manbalardan kelayotgan signallar sifati bir xil bo'lsa prioriteti yuqori bo'lgan manba signali tanlanadi. Sinxronizatsiya tarmog'ini loyihalashtirishda bu qoidalar inobatga olinishi kerak. Nisbatan oddiy tarmoqlarni qurishda bu qoidalarni bajarish murakkablik tug'dirmaydi, ammo, murakkab strukturaga ega tarmoqlarni qurishda masala qiyinlashadi va sinchkovlik bilan tekshirishni talab qiladi. Hozirgi paytda sinxronizatsiya signallarini loyixalashtirish usuli amaliy jihatdan hali ishlab chiqilmagan, shuning uchun ko'pincha bir xil transportli tarmoq strukturasi uchun turli xil sinxronizatsiya sxemalari taklif qilinishi mumkin. Yakuniy qaror barcha mumkin bo'lgan sxemalarni analiz qilgandan so'ng qabul qilinishi mumkin. Sinxronizatsiya signallarini chiziqli va halqali transportli strukturada qayta tiklash misollari quyidagi rasmlarda ko'rsatilgan. 2.5-rasm. Sinxronizatsiya chiziqli zanjirida sifat parametrlarini taqsimlanishi Chiziqli sxema 2.5 rasmda berilgan. Faraz qilaylik, 2 va 3 tugunlari o'rtasida aloqa uzilgan bo'lsin 2.6-rasm. Chiziqli sinxronizatsiya sxemasining bosqichma – bosqich ulanishi 2.6,a rasm. Keyingi vaqt mobaynida 2.6 ,b rasm 3 tugunga tegishli uzatuvchi generator sinxronizatsiya signalini qabul qilmagan holda kutish rejimiga o'tadi. Bunda 3 chi dan 4 chi tugunga uzatiladigan chiziqli oqimda Q5 sifat darajasi o'rnatiladi (shu qism tarmoqdagi uzatuvchi generator UG). Ikkinchi darajali uzatuvchi generator IUG (sifat darajasi Q3) kabi sozlangan beshinchi tugun generatori Q2 sifat darajasiga ega to'rtinchi tugundan kelgan chiziqli oqimdan ajratilgan signal bilan sinxronlashtirilgan. Beshinchi tugunga to'rtinchi tugundan kelgan Q5 sifat darajali sinxrosignal kelayotgani sababli signaldan cheklanish sodir bo'ladi. Sinxronizmni qayta tiklashning ikkinchi etapida (2.6, v rasm) to'rtinchi tugunda sinxrosignal bir liniyadan ikkinchi liniyaga o'tadi. Q5 sifat darajasiga ega uchinchi tugundan kelgan sinxrosignal o'rniga Q3 sifat darajasiga ega beshinchi tugun oqimidan kelgan sinxrosignal ishlatiladi. Bundan kelib chiqadiki, uchinchi va beshinchi tugunlar o'rtasida bir emas bir nechta uzatuvchi generator o'rnatilgan bo'lsa, bu tugunlarning barchasida yuqoridagidek signallar almashishi kuzatilishi mumkin edi. Oxirgi, uchinchi sinxronizmni qayta tiklash etapi uchinchi tugunning IUG si kutish rejimidan chiqishi va to'rtinchi tugundan kelayotgan oqimdan ajratilgan. Q3 sifat darajasigan ega signaldan sinxronizatsiya jarayoniga o'tadi. Shunday qilib, sinxronizatsiya qayta tiklash vaqti qanchalik ko'p bo'lsa, tugundagi signalning almashishi va sinxrosignal almashishi kerak bo'lgan tugunlar soni shunchalik ko'p bo'ladi. 2.7 – rasmda xalqasimon transportli struktura ko'rsatidgan. 2.7, a rasmda A-B-C-D va A-F-E yo'nalishlari bo'yicha birinchi darajali (BEG) etalon generatori bo'yicha sinxronizatsiya qilingan A tugundan kelgan sinxrosignalni uzatish sxemasi keltirilgan. Birinchi darajali etalon generatorining ishdan chiqishi natijasida (2.7, b rasm) A tuguni generatori kutish rejimiga o'tadi, natijada Q2 dan Q5 gacha bo'lgan oqimlardagi bu tugundan chiqish sinxrosignali sifat darajasi pasayadi. Joriy tarmoqda IUG (SB) darajasidan ortiq generatorlar bo'lmagani sababli, butun tarmoq BEG ga nisbatan emas, balki, A tugunga nisbatan sinxronizatsiya qilinadi. 2.7-rasm.BEG ishdan chiqqan paytda sinxronizatsiya a – normal holat; b – BEG ishdan chiqqan vaqtdagi holat. Bu tarmoq orqali uzatish sifati sinxronizatsiya manbasini almashtirishda deyarli o'zgarmaydi. 2.8-rasm.Haqlqali transportli sturktura 2.8 – rasmda xalqali transportli strukturasi keltirilgan. Sinxronizmni qayta tiklashning birinchi etapida (2.8, a rasm) V tugunining IUG i kutish rejimiga o'tadi va bu generatordan Q5 sifat darajasi bilan C va D tugunlariga sinxrosignal uzatiladi. D tugunga Q2 sifat darajali signal kelayotgani sababli uning IUG i sinxrosignal o'zgarishi qoidalariga mos ravishda yuqori sifatli sinxrosignal bilan sinxronizatsiya qilinadi va Q2 sifat darajali sinxrosignalli oqimni S tugunga va sungra V tugunga uzatiladi. Ikkinchi, yukuniy sinxronizmni qayta tiklash etapda (2.8, b rasm) V tugun generatori kutish rejimidan chiqib S tugunidan kelayotgan Q2 sifat darajasiga ega signal bilan sinxronizatsiya qilinadi. Sinxronizatsiya tarmog'ini qurishning aniq bir usuli mavjud emas.Shuning uchun xar bir konkret holatda xar bir taklif qilinadigan sinxronizatsiyani qurish variantini to'liq analiz qilish talab qilinadi. Bunda tanlangan qurilmada sinxrosignal almashish xususiyatlarini inobatga olish kerak. Masalan, ba'zi qurilmalarda reversiv va reversiv bo'lmagan almashish usullari qo'llaniladi. Reversiv usulda sinxrosignal qayta tiklangandan so'ng yuqori sifatli sinxrosignal manbasiga avtomatik ravishda qaytadi. Reversiv bo'lmagan usulda avariya holatlarida avtomatik ravishda boshqa signalni qabul qilishi va yuqori sifatli sinxrosignal manbasiga qaytish avtomatik ravishda emas, balki operator tomonidan amalga oshiriladi. Bunday usul nazorat qilib bo'lmaydigan hollarda, ya'ni, qaysidir sabablarga ko'ra bir xil sifat darajasiga ega va bir xil prioritetga ega bo'lgan signallardan biriga o'tishda qo'l keladi. TTS tarmoqlari shunday qurilishi kerakki, IUG va TGE lar kamida ikkita liniyadan sinxrosignal qabul qilishi kerak. Shu maqsadda TGE uzatuvchi generator qayta sozlanish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. Sinxrosignallarni uzatish uchun zahira yo'llarini tashkil qilishda berk yo'llarning paydo bo'lishini oldini olish lozim. Bunday to'siqlarning paydo bo'lishiga sabab signallarda manba xaqidagi axborotlarning mujassamligidadir. 2.9 rasm. SP SSI (GSE) va P SSI (GSE) multipleksorlari o'rtasidagi manba (SSM - bitli) sifatini aniqlovchi signallarni almashish sxemasi. Yana shuni nazorat qilish kerakki, TTS tarmog'ida sinxrosignallarni taqsimlaganda asosiy va zahira yo'llarida berk yo'llar paydo bo'lmasligi kerak.Bunday berk yo'llarga misol 2.10 – rasmda keltirilgan. 2.10-rasm. Sinxrosignallarni tarqatishda asosiy va zahira yo’llari PSI uzatish tizimi bo'yicha, sinxronizatsiya signali ko'pincha E1 oqimida uzatiladi. Kommutasion stansiyada prioritetlarni o'rnatganda shuni inobatga olish kerakki, SU PSI dan olingan sinxronizatsiya signali sifati SU SRI bo'yicha uzatilgan sinxronizatsiya signalinikidan past, shuning uchun pastroq prioritetga ega bo'lishi kerak. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling