Elektr transportidan foydalanish va ta’mirlash


Elektrovozlardan foydalanish va texnik xizmat ko’rsatishni tashkil etish


Download 348.74 Kb.
bet2/13
Sana18.03.2023
Hajmi348.74 Kb.
#1282642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ETFT kurs ishi to\'g\'rilangan bolvanka

1. Elektrovozlardan foydalanish va texnik xizmat ko’rsatishni tashkil etish


1.1. Poyezdlar harakati grafigini tuzish

1.1-rasmda A asosiy depo lokomotivlarining berilgan B-V yurish uchastkasini hisoblash sxemasi keltirilgan.



1.1-rasm. A asosiy depo lokomotivlarining berilgan B-V yurish uchastkasini hisoblash sxemasi

I1 va I2-ilovalardan variant bo’yicha berilgan topshiriqqa mos holda poyezdlar harakati grafigi blanka namunasini tanlang. Namunadagi poyezdlar harakati grafigi blankasidagi vertikal chiziqlar variant raqamidan tushgan strelka 0:00 soatga, ya’ni tungi 24:00ga to’g’ri keladi. Namunadagi grafik blankasidan berilgan juft poyezdlar soni (n) ga ko’ra, ortiqcha juft poyezdlarni qo’shmagan holda, harakat grafigi tuzing.


Grafikdagi 0 dan 24 gacha soat setkasini belgilashni soatlarni bo’lish davomiyligi bo’lgan vertikal shtrixlar asosida amalga oshiring. Gorizontal chiziqlardagi sonlar poyezdlarni B, A va V stansiyalariga kelish va ketish daqiqalarini anglatadi, shu jumladan, yuqoridagi sonlar qatori kelish, quyi qator ketish vaqtlariga mos keladi.
1.2. – rasmda ko’rsatilganidek, poyezdlarni juft va toq yo’nalishlar bo’yicha, berilgan uchastkada qaysi elektrovoz (yo’lovchi yoki yuk) harakatlanayotganiga muvofiq raqamlang. Yillik yo’lovchi tashuvchi tez poyezdlar (№№ 1-99), yozgi yo’lovchi tashuvchi tez poyezdlar (№№ 101-149), tezyurar yo’lovchi poyezdlar (№№ 151-169), yillik olisga qatnovchi yo’lovchi poyezdlar (№№ 171-299), yozgi olisga qatnovchi yo’lovchi poyezdlar (№№ 301-399), tezlashtirilgan yuk poyezdlar (№№ 1001-1598), tog’ridan to’g’ri yuk poyezdlar (№№ 2001-2988), uchastka yuk poyezdlar (№№ 3001-3398), yig’ma yuk poyezdlar (№№ 3401-3498).
Tuzilgan harakat grafigida berilgan juft poyezdlar soni n mavjudligini tekshiring.

1.2 – rasm. Berilgan juft poyezdlar soni n harakat grafigi namunasi


Nazorat savollari



  1. Bosqich loyihasida qanday harakat grafigi turidan foydalanilgan? Uning tavsifini aytib o’ting.

  2. Lokomotivlarni aylanish uchastkasi bilan tortuv yelkasi nimasi bilan farq qiladi?

  3. Lokomotivlarni aylanish zonasi deb nimaga aytiladi?



Download 348.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling