Электр қурилмаларда қисқа туташувлар
Download 0.87 Mb.
|
Электр урилмаларда ис а туташувлар (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-ma’ruza Qisqa tutashuvning chegaraviy toklarini aniqlash.
- Qisqa tutashuvning zarbiy tokini aniqlash.
Tayanch iboralar:
EYUK, transformator qarshiligi, isrof, tarmoq elementi qarshiligi, magnit tizim, qarshilik, qisqa tutashuvda tokning boshlang’ich qiymati. Nazorat savollari 1.Hisoblash sxemasida birinchi bo’lib nimalar beriladi? 2. Nomlangan birliklarda hisoblash uchun almashtirish sxemasi qarshiliklari qanday hisoblanadi? 3. Nisbiy birliklarda hisoblash uchun almashtirish sxemasi qarshiliklari qanday hisoblanadi? 4. 1000 V gacha bo’lgan qurilmalardagi qisqa tutashuv toki qanday hisoblandi? 10-ma’ruza Qisqa tutashuvning chegaraviy toklarini aniqlash. Reja:
2. Qisqa tutashuvning zarbiy tokini aniqlash. Loyihalash ishlarida ko’pincha ta’minlovchi mashinalarning quvvatlari va qarshiliklari haqida aniq ma’lumotlar bo’lmay, transformator yoki reaktordan qisqa tutashuv tokini aniqlash masalasi tez-tez uchrab turadi. Bunday hollarda qisqa tutashuv tokining mumkin bo’lgan maksimal qiymati aniqlanadi. Buning uchun, transformator yoki reaktor o’zgarmas kuchlanishli shinalarga ulangan deb hisoblanadi. Bundagi qisqa tutashuv toki quyidagi ifodalardan aniqlanishi mumkin: agar qarshilik Om da berilgan bo’lsa (10.1) Agar qarshilik birliklarda berilgan bo’lsa (10.2) Bunda: – qisqa tutashuv nuqtasidagi o’rtacha kuchlanish; - sodir bo’lish joyidan oldin turgan transformator yoki reaktorning nominal toki. Qisqa tutashuvning zarbiy tokini aniqlash. YUqorida ko’rsatilganidek, zarbiy tok qisqa tutashuv boshlanganidan so’ng 0,01 s vaqt o’tgach hosil bo’ladi. Uning kattaligi (3.7) ifodadan aniqlanadi. (10.3) Bunda: – qisqa tutashuv tokining davriy tashkil etuvchisining boshlang’ich qiymati; - qisqa tutashuv tokining aperiodik tashkil etuvchisining so’nish doimiysi vaqtiga bog’liq bo’lgan zarbiy koeffitsient. Konstanta va o’zaro quyidagi nisbatda bog’langan: (10.4) Ma’lum T bo’yicha ma’lumotnomadagi grafikdan tegishli qiymatini aniqlash mumkin. Agar qisqa tutashuv generatorining qisqichlarida hosil bo’lsa, uning shaxobchasi uchun doimiy kataloglaridan olinishi mumkin. SHu jumladan ma’lumotnoma ma’lumotlaridan foydalanish mumkin. Agar qisqa tutashuv generatordan ma’lum masofada sodir bo’lsa, u holda yakunlovchi almashtirish sxemasining har shaxobchasi uchun doimiy vaqt taxminan quyidagi ifodadan aniqlanishi mumkin. (10.5) Bunda: va – qisqa tutashuv zanjirining tegishlicha yakunlovchi induktiv va aktiv qarshiliklari. Soddalashtirish maqsadida, odatda, Ta kattalikni hisoblamay elektr tarmoqlarining xarakterli nuqtalari uchun, ma’lumotnomada keltirilgan Ta va ky o’rtacha qiymatlaridan foydalansa bo’ladi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling