Elektr usulida boyitish asoslari Elektr maydoni va uning xossalari Ruda va minerallarning elektr xossalari


Elektr maydoni va uning xossalari


Download 208.5 Kb.
bet2/8
Sana13.12.2022
Hajmi208.5 Kb.
#999982
1   2   3   4   5   6   7   8
Elektr maydoni va uning xossalari


Elektr maydoni — materiyaning muhim shakli hisoblanib, fazoda elektr kuchlari, ya'ni zaryadlangan jismga ta'sir etuvchi kuchlar sifatida hosil bo'ladi va bu kuchlar zaryadlangan jismning harakat tezligiga bog'liq emas.
Elektr maydonida jismlarning chiziqlar bo'ylab harakatlanishi elektr kuch chiziqlari deyiladi.
Kuch chiziqlari oqimining zichligi elektr maydonining kuchlanganligi bilan harakatlaniladi. Elektr maydonining kuchlanganligi deb, maydonning berilgan nuqtasidagi musbat zaryadga ta'sir qiluvchi kuchning shu zaryadga nisbatiga aytiladi:
  (40)
bunda: F — zaryadga ta'sir qiluvchi kuch;
Q — zaryad.
Elektr maydonining kuchlanganligi maxsus birlikka ega emas. SI tizimida kuchlanganlik Nyuton/Kulon (N/Kl), yoki volt/metr (V/m)da o'lchanadi. Shuningdek, volt/santimetr (v/sm) yoki kilovolt/sm (kv/sm) birliklar ham keng qo'llaniladi.
Elektr maydonining ko'rinishi (konfiguratsiya) har xil bo'ladi (43- rasm). Elektr maydoni bir jinsli va bir jinsli bo'lmagan maydonlarga bo'linadi. Maydonning bir jinsli emasligi kuchlanganlik gradiyentining o'zgarishi bilan ifodalanadi:
  (41)
bunda: E — elektr maydonining kuchlanganlik gradiyenti; dE — dx ga teng bo'lakda x yo'nalishda maydonning o'zgarishi. Maydonning kuchlanganlik gradiyenti birligi SI tizimida V/m2. Elektr separatsiya uchun elektrodlardagi kuchlanish U=20-70 kV bo'lgandagi elektr maydonining kuchlanganligi 6-10 kV/m atrofida bo'lgan maydon qo'llanadi.



43- rasm. Elektr maydonlarining konfiguratsiyasi:
a—nuqtali musbat zaryad; b-nuqtali manfiy zaryad; d-ikkita har xil zaryadli; c—ikkita bir xil zaryadli;f-har xil zaryadli plastinalar orasida; h-har xil zaryadlangan o'tkazigich va plastinka orasida.

Elektr maydonida zarraning qabul qiladigan zaryadi tok kuchining uni o'tish vaqtiga ko'paytmasiga teng:



Download 208.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling