Elektr usulida boyitish asoslari Elektr maydoni va uning xossalari Ruda va minerallarning elektr xossalari


Ruda va minerallarning elektr xossalari


Download 208.5 Kb.
bet4/8
Sana13.12.2022
Hajmi208.5 Kb.
#999982
1   2   3   4   5   6   7   8
Ruda va minerallarning elektr xossalari

Elektr separatsiyada, asosan, mineral zarralarning elektr o'tkazuvchanligi, dielektrik o'tkazuvchanligi, ishqalash orqali elektrlash va adgeziya xossalaridagi farq ishlatiladi.


Elektr o'tkazuvchanligiga qarab minerallar 3 guruhga bo'linadi:
solishtirma elektr o'tkazuvchanligi 102—103 Sm/m li o'tkazgichlar;
solishtirma elektr o'tkazuvchanligi 10—108 Sm/m li yarim o'tkazgichlar;
solishtirma elektr o'tkazuvchanligi <108 Sm/m li dielektriklar.
Bu guruhlardagi minerallarning har biri solishtirma qarshilikning
ma'lum qiymati bilan xarakterlanadi. O'tkazgichlarga solishtirma qarshiligi <109 Om m, dielektriklaiga >1012 Om • m h minerallar kiradi.
Elektr maydonida o'tkazgichlar va dielektriklar o'zlarini turlicha tutadi. Agar elektr maydoniga o'tkazgich joylashtirilsa, uning yuzasida elektr zaryadlari hosil bo'ladi, bunda o'tkazgichning bir uchida ortiqcha elektronlar hosil bo'ladi (manfiy zaryad), ikkinchi uchida esa elektronlar yetishmaydi (musbat zaryad). O'tkazgich elektr maydonidan chetlashtirilsa ikkala qarama-qarshi zaryadlar muvozanatlashadi va jism zaryadsizlanadi. O'tkazgich zaryadlangan jism bilan to'qnashganda tokni yaxshi o'tkazgani uchun bir xil zaryad hosil qilib, zaryadlangan jismdan itariladi.
Dielektriklar esa elektr maydonida o'zini boshqacha tutadi. Dielektrikning har qaysi molekulasida bir vaqtning o'zida ham manfiy, ham musbat zaryadlar joylashadi; shuni qayd qilish kerakki, dielektrikning istalgan hajmida umumiy musbat zaryad manfiy zaryadga teng va dielektrikning har qaysi molekulasi elektr dipoli hisoblanadi.
Agar dielektrikni elektr maydoniga joylashtirilsa, uning ta'siri ostida zaryadlarning siljishi va maydonning kuchlanganligi yo'nalishida elektr dipollarining oriyentatsiyasi sodir bo'ladi. Dielektrikning yuzasida zaryadlar paydo bo'ladi. Elektr maydonining ta'siri ostida dielektrikdagi zaryadlarning siljishi qutblanish deyiladi. Qutblangan dielektrikning yuzasida hosil bo'lgan zaryadlar bog'langan zaryadlar deyiladi.
Qutblanish — bu elektr maydoni ta'sirida dielektrikda bog'langan zaryadlar joylashishini o'zgartirishni tartibga solish. Bu o'zgarish dielektrikdagi manfiy bog'langan zaryadlar yuqoriroq potensial yo'nalishida, musbat bog'langan zaryadlar esa pastroq potensial tomonga ko'chadi.

Download 208.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling