Elektr usulida boyitish asoslari Elektr maydoni va uning xossalari Ruda va minerallarning elektr xossalari
Download 208.5 Kb.
|
Q=I t,
bunda: Q — t vaqt oralig'ida I tok kuchida zarraning ko'ndalang kesimidan o'tadigan elektr zaryadi. Elektr zaryadining o'lchov birligi SI tizimida kulon (K). Zarraning zaryadi yuzaviy va hajmiy zichlik bilan xarakterlanadi. Yuzaviy zichlik deb, zarra yuzasida joylashgan zaryadning shu yuza maydoniga bo'lgan nisbatiga aytiladi. , (42) bundar dQ — dS elementar maydondagi zaryad. Zaryadning hajmiy zichligi deb, fazoviy elementda joylashgan zaryadning shu elementning hajmiga nisbatiga aytiladi: (43) bunda: dQ- elementining dV Fhajmdagi zaryadi. Elektr zaryadlari ta'sirlashuvchi muhit dielektrik o'tkazuvchanligi bilan xarakterlanadi va u berilgan muhitda zaryadlarning ta'sirlashuv kuchi vakuumdagiga nisbatan qancha kamligini ko'rsatadi: , (44) bunda: F0 — zaryadlarning vakuumdagi ta'sirlashuv kuchi. F - zaryadlarning berilgan muhitdagi ta'sirlashuv kuchi. Muhitning dielektr o'tkazuvchanligi o'lchovsiz birlik. Dielektrikning absolut dielektr o'tkazuvchanligi dielektr o'tkazuvchanligining elektr doimiyligi ga ko'paytmasiga teng: (45) bunda: — tajriba yo'li bilan aniqlanuvchi elektr doimiylik (SI tizimida = 8,85 1012 F/m). Absolut dielektr o'tkazuvchanlikning o'lchov birligi farada/metr (F/m). O'tkazgichlarning muhim xususiyati ularning elektr o'tkazuvchanligi, ya'ni elektr tokini o'tkazish xususiyatidir. Elektr o'tkazuvchanlikning o'lchov birligi qilib simens (Sm) qo'llaniladi. Simens — o'tkazgich uchlaridagi kuchlanganlik 1V bo'lganda 1A tok o'tkazadigan o'tkazgichning elektr o'tkazuvchanhgi. Elektr o'tkazuvchanlikka teskari kattalik qarshilik deyiladi va Om larda o'lchanadi. Ko'pincha moddaning solishtirma elektr o'tkazuvchanlik va solishtirma qarshilik kattaliklaridan foydalaniladi. Moddaning solishtirma elektr o'tkazuvchanhgi — tok zichligining elektr maydoni kuchlanganligiga nisbati. Solishtirma elektr o'tkazuvchanligining SI tizimidagi o'lchov birligi simens/metr (Sm/m). Moddaning solishtirma qarshiligi deb, solishtirma elektr o'tkazuvchanlikka teskari kattalikka aytiladi. Uning o'lchov birligi Om metr (Om m). Elektr maydonida zaryadlangan zarraga ta'sir qiluvchi 4 xil kuch ma'lum; kulon, ko'zguli aks ta'sir, triboadgeziya va ponderomotor. Rulon kuchi deb, zarra zaryadi va shu zarra joylashgan joydagi elektr maydoni kuchlanganligining o'zaro ta'sirlashuv kuchiga aytiladi. U ushbu ikki kuchning ko'paytmasiga teng: , (46) bunda: — o'zaro ta'sirlashuvning kulon kuchi, N; E — elektr maydonining kuchlanganligi. V/m; Q — zarraning zaryadi, Kl. Zaryadlangan zarralar yerga ulangan yuza bilan to'qnashganda, zarra zaryadi yerga ulangan yuzada o'ziga teng, lekin qarama-qarshi ishorali induktiv zaryad chiqaradi. Zarra yeiga ulangan yuza bilan ta'sirlashgandan keyingi bir necha muddat ichida erishgan zaryad qoldiq zaryad deyiladi. Qoldiq zaryad hisobiga zarra yerga ulangan yuzaga ko'zguli elektr aks ta'sir kuchi bilan tortiladi. Elektr zaryadlari ta'sirlashuvining uchinchi turi triboadgeziya effekti bilan bog'liq. Elektr usulida mayda zarrah mahsulotni boyitishda mayin (<30 mkm) zarralarning bir-biri bilan (adgeziya), shuningdek, bu zarralarning yirikroq va turli xil yerga ulangan yuzaga yopishishi kuzatiladi. Ponderomotor kuchi faqat bir jinsli bo'lmagan elektr maydonida kuzatiladi va uning kattaligi muhitning xossalariga bog'liq bo'ladi. Havoda u juda kichik, lekin yuqori dielektr o'tkazuvchanlikka ega suyuqlikda ponderomotor kuchi katta qiymatga erishadi. 30> Download 208.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling