Elektr usulida boyitish asoslari Elektr maydoni va uning xossalari Ruda va minerallarning elektr xossalari


Elektr separatorlarining tuzilishi


Download 208.5 Kb.
bet6/8
Sana13.12.2022
Hajmi208.5 Kb.
#999982
1   2   3   4   5   6   7   8
Elektr separatorlarining tuzilishi

Rudali va noruda foydali qazilmalarni boyitishda elektr separatsiyaning quyidagi usullari keng tarqalgan:


elektrostatik separatsiya - elektrostatik maydonda amalga oshiriladi;
tojli separatsiya — tojli razryadli elektrsizlashtirish maydonida amalga oshiriladi (zarralar ionlashish orqali zaryadlanadi);
tojli elektrostatik separatsiya — tojli elektrostatik maydonda amalga oshiriladi.
Kamdan-kam hollarda dielektrik separatsiya qo'llaniladi. Elektr separatsiyasi usuilarining bunday tasnifiga, asosan, elektr separatorlarini quyidagi asosiy guruhlarga bo'lish mumkin:
elektrostatik (barabanli, kamerali, pog'onali, plastinkasimon); tojli va tojli—elektrostatik (barabanli, kamerali); triboadgezion; dielektrik.
Har qanday elektr separatorining tuzihshi zarrani zaryadlovchi moslama va mineral zarraning ajralishi sodir bo'luvchi separatsiya zonasi bilan aniqlanadi.
Zaryadlovchi moslama va separatsiya zonasi alohida va birlashgan holda tayyorlanishi mumkin. Elektr separatorlarining ajralmas qismi— yuqori kuchlanish manbayidir.
Mineral zarralarni elektr o'tkazuvchanlikka qarab boyitish uchun 16 ta parallel plastinkasimon elektrodlardan tuzilgan plastinkasimon pog'onali separator ishlatiladi (44- rasm). Pastki elektrodlar bir tekis, yuqorilari (2) jalyuzsimon. Plastinkasimon elektrodlarning bir qatori yerga ulangan, izolatorlar (3) ga ulangan boshqa qatordagi elektrodilarga yuqori kuchlanganlik beriladi. Dastlabki mahsulot elektrodlar orasida yuqoridan pastga harakatlanib, o’n oltita elektr maydoni uchraydi.

44- rasm. Plastinkasimon elektrostatik separator
1—quyi elektrodlar; 2-yuqori elektrodlar; 3— izolator; 4,5-qabul qiluvchilar.

Ток o'tkazuvchi zarralar tekis elektroddan uziladi va teskari elektrodning jalyuzlari orqali o'tib, qabul qiluvchi idish (4) ga tushirib olinadi. Tok o'tkazmaydigan zarralar separatorning hamma kaskadlaridan o'tib qabul qiluvchi idish (5) ga tushadi.


Bu jarayon plastinkalarning qiyalik burchagini, ular orasidagi masofani va beriladigan kuchlanganlikni o'zgartirib boshqariladi.
Amaliyotda barabanh tojh va tojli-elektrostatik separatorlar eng ko'p ishlatiladi. 45- rasmda barabanli tojli elektr separatorining sxemasi keltirilgan. Qutichada podshipniklarda metall baraban — cho'ktiruvchi elektrod (3) aylanadi. Undan ma'lum masofada alohida quticha (5) da barabanni hosil qiluvchiga parallel holda bir nechta ingichka o'tkazuvchilar — tojlantiruvchi elektrodlar (4) tortilgan. Barabanning ustida yuklovchi voronka (2), ostida esa boyitish mahsulotlarini qabul qilish uchun bir nechta bo'limlardan iborat qabul qiluvchi bunker (6) o'matilgan. Barabanni yopishib qolgan zarralardan tozalash uchun aylanuvchi cho'tka (1) ko'zda tutilgan. Tojli elektrsizlanish hosil qilish uchun tojlantiruvchi elektrodlarga yuqori kuchlanish beriladi. Cho'ktiruvchi elektrod yerga ulanadi.
Aylanuvchi baraban orqah material bunkerdan elektrodlar orasidagi maydonga beriladi. Baraban yuzasida mineral zarralar ionlar oqimidan zaryad oladi. Tok o'tkazmaydigan zarralar barabanda zaryadini o'zgartirmaydi, uning yuzasida ushlanib qoladi va bunkerning III bo'limiga to'kiladi. O'tkazuvchi zarralar zaryadini tez o'zgartiradi va baraban yuzasidan har xil zaryadlangan zarra sifatida itariladi .va I bo'limga tushadi. Yarim o'tkazuvchi zarralar esa II bo'limga bo'shatiladi.


Download 208.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling