§3.2. Ma’ruza mashg‘ulotining ta’lim texnologiyasi modeli
Fan ”Elektr va magnetizm”
Mavzu: №19; nomi: “Magnitlanish turlaru va magnetiklarning sinflanishi”
Vaqt 80 min.
|
Talabalar soni: 53-ta
|
O‘quv mashg‘ulotining
shakli va turi:
|
Ma’ruza, axborotli va tajribaviy namoyishli.
|
Ma’ruza rejasi:
|
Quyidagi savollar ochib beradi:
1. Paramagnetizm va uning tabiyati. Kyuri qonuni;
2. Ferromagnetizmning tabiyati. Ferromagnit gisterezis hodisasi. Kyuri - Veiss qonuni. Magnet materiallar.
|
O‘quv mashg‘ulotining
maqsadi:
|
- Paramagneizm tabiatini tushuntirib berish;
- Kyuri qonuni mohiyatini ochib berish;
- Paramagetizmning klassik Lanjeven nazariyasini tushuntirib berish;
- Ferromagnetizm tabiyatini haqida ma’lumot berish;
- Ferromagnetiklarning gisterezis hodisasini tushuntirib berish;
-Kyuri-Veiss qonunini mohiyatini ochib berish;
- Magnit materiallar haqida tushuncha berish.
|
Pedagogik vazifalar:
- Paramagneizm tabiatini tashqi magnet maydoni va temperatura tasirida atomlarning magnet momentini yo’nalishini tushuntirib berish;
- Kyuri tajribasi asosida moddalarning magnet qabul qiluvchanligi uchun qonun mohiyatini ochib berish;
- Paramagetizmning klassik Lanjeven nazariyasini tushuntirib berish;
- Ferromagnetizm tabiyatini gisterezis hodisasini, ya’ni magnitlanish egri chizig’ni tushuntirish asosida yoritib berish; ferromagnetiklarni domen struktura orqali tushuntirish;
- Kyuri-Veiss qonunini mohiyatini ochib berish;
- Magnit materiallar (magnet qattik va magnet yumshoq materiallar) haqida tushuncha berish.
|
O‘quv faoliyatidan kutilayotgan natijalari:
1. Paramagneizm tabiatini tashqi magnit maydoni va temperatura tasirida atomlarning magnit momentini yo’nalishini tushuntirib oladilar;
2. Kyuri tajribasi asosida moddalarning magnet qabul qiluvchanligi uchun qonun mohiyatini va Kyuri doimiysi haqida tushunchaga ega bo’lishadi;
3. Paramagetizmning klassik Lanjeven nazariyasini tushuntirib olishadi;
4. Ferromagnetizm tabiyatini gisterezis hodisasini, ya’ni magnitlanish egri chizig’i asosida tushunib olishadi; ferromagnetiklarni domen strukturasi, qoldiq magnitlanish va koertsetiv kuch haqida ma’lumotga ega bo’lishadi;
5. Kyuri-Veiss qonunini mohiyatini va paramagnet Kyuri temperatura haqida tushunchaga ega bo’lishadi;
6. Magnit materiallar (magnet qattik va magnet yumshoq materiallar) haqida tushunchaga ega bo’lib, ularning avzalliklari va qayerda ishlatishi haqida ma’lumotga ega bo’lishadi.
|
Ta’lim usullari:
|
Ma’ruza
|
Ta’lim shakli:
|
Frontal, jamoaviy
|
Ta’lim vositalari:
|
Ma’ruza matni tajribalar uchun zarur bo’lgan asbob uskunalar, kompyuter, videoproektor va h.z.
|
Ta’lim berish sharoiti:
|
Ma’ruza o‘tiladigan darsxona.
|
Monitoring va baholash:
|
Tezkor savol – javob.
|
3.2. Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik xaritasi.
Mavzu: №18, nomi: “Magnitlanish turlaru va magnetiklarning sinflanishi”
Ish bosqichlari
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchilar
|
I-bosqich.
O‘quv mashg‘ulotiga kirish (10 daq.)
|
1.1. Mavzuning nomini (“Magnitlanish turlaru va magnetiklarning sinflanishi”), maqsadini (texnalogik modelda yozilgan) va ma’ruza jarayonidan kutiladigan natijalarni (texnologik modelda yozilgan) e’lon qiladi.
1.2. Ma’ruza rejasini (texnologik xaritada yozilgan) e’lon qiladi.
1.3. Tezkor so‘rov orqali, talabalarning ushbu ma’ruzani o‘zlashtirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarini faollashtiradi:
1. Moddadagi magnit maydoni haqida Amper gipotezasini tarifini aytib bering?
2. Magnetiklarning magnitlanishini birlik hajmdagi magnet maydoni momenti qanday kattalik orqali aniqlanadi?
3. Magnetiklarning magnitlanish vektori, magnet kuchlanganlik va magnit qabul qiluvchanlik ora-sidagi bog’lanish qanday ifoda orqali aniqlanadi?
4. Magnit kuchlanganlik tsirkulyatsiyasi haqidagi Gauss teoremasining tariflab bering?
|
Tinglaydilar,
Yozib oladilar.
Tinglaydilar, savolga javob beradilar.
|
II -bosqich.
Asosiy qism (55min.)
|
Faollashtirilgan bilimlar asosida ma’ruza rejasidagi savollarga (texnalogik modelda yozilgan) axborotli tarzda javob beradi: 1905 yilda Lanjeven tomonidan paramagnetizmning klassik nazariyasi yaratilganligi va bu nazariya kuchli bo’lmagan maydon va juda past temperaturalar uchun ishlatilishi haqida gapiradi. Bu sharoitda paramagnetikning magnitlanishi J va maydon kuchlanganligi H orasidagi proportsionallikdan chetlanish kuzatilishini tushuntiradi va hamma magnet momentlar maydon bo’yicha joylashgandan keyin H ning ortishi va J ning o’sishiga olib kelmasligini, ya’ni magnet to’yinish holati kuzatilishini aytadi.
Paramagnetizmning kvant nazariyasi atom magnet momentilarining maydonga nisbatan orientatsiyasining diskretligini hisobga olishi aytadi.
Ferromagnetizmning tabiyatini haqida ma’lumot beradi va ferromagnetiklarning magnitlanish egri chizigi haqida taxtab o’tadi. Bunda diagrammasida magnitlanish egri chizig’i tushuntiriladi. Temirning magnitlanishiga doir rus olimi A.G.Stoletov tajribalari moxiyatini talabalarga ongiga singdirish.
Qoldiq induktsiya Br, qoldiq magnitlanish Jr va koertsitiv kuch haqida ma’lumot berish. Ferromagnetikka o’zgaruvchan magnit maydon ta’sir qilganda induktsiya gisterezis sirtmog’i egri chizig’i bo’yicha o’zgarishini tushuntirib berish.
Ferromagnetizm nazariyasini Ya.I. Frenkel va Geyzenberg tomonidan yaratilganligi haqida gapiradi va feromagnetiklarning magnet hususiyatlari elektronlarning hususiy (spin) momentlari tomonidan belgilanadidegan xulosaga kelinadi. Ma’lum sharoitda kristallarda shunday kuchlar hosil bo’ladiki, u elektronlarning magnet momentlarini o’zaro parallel joylashtiradi. Natijada (o’z-o’zidan) spontan magnitlanish sohasi hosil bo’ladi, ular domenlar deb atalishini aytadi. Ushbu spontan magnitlanish sohasini temperaturaga bo’liqligini, Kyuri nuqtasi va Kyuri-Veyss qonunini tushuntirib beradi.
2.2. Talabalarga ma’ruza jarayoni tugagani aytadi. Ma’ruza bo‘yicha kim nimani tushunmagan bo‘lsa, savollar bilan murojaat qilishlari mumkinligini aytadi. Talabalarning savollarini tinglab ularga javob beradi.
|
Tinglaydilar, yozib oladilar.
Tajribaviy namoyishlarni kuzatadilar.
Plakatdan chizib oladilar.
Kuzatadilar, yozadilar.
Eshitadilar, chizadilar, yozadilar.
Savollar beradilar, tinglaydilar.
|
III -bosqich.
Yakuniy (15min.)
|
3.1. Talabalarning ma’ruza materialini o‘zlashtirganlik darajasini tekshirish uchun ularga quyidagi savollar bilan murojaat qiladi:
1. Magnetiklar deb qanday moddalarga aytiladi?
2. Amper gipotezasi (ilmiy farazi) ning mazmunini bayon etib bering.
3. Moddaning magnit singdiruvchanligi va magnit qabul qiluvchanligi nimalarni ifodalaydilar?
4. Qanday moddalarga diamagnetiklar deyiladi? Ularning asosiy xossalari nimalardan iborat?
5. Qanday moddalarga paramagnetiklar deyiladi? Ularning asosiy xossalari nimalardan iborat?
6. Ferromagnetiklar deb qanday moddalarga aytiladi? Ferromagnetiklarning asosiy xossalari nimalardan iborat?
7. Gisterezis hodisasi nimadan iborat?
8. Kyuri temperaturasi deb qanday temperaturaga aytiladi?
9. Domenlar deb nimalar ataladi?
3.2. Javoblarni to‘ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi.
3.3. Javoblarni baholaydi.
|
Eshitadilar, savollarga javob beradilar.
Eshitadilar.
Eshitadilar.
|
Ilova 2
№1 Ma’ruza bo’yicha tushuntiriladigan tajribalar (kerakli asbob-uskunalar: videoproektor, kompyuter, plakatlar):
1-chizma – Lanjeven tomonidan yaratilgan paramagnetizmning klassik nazariyasini tishintirib berish uchun chizmalar;
Paramagnetiklarda qo‘shimcha magnit maydon tashqi maydon yo‘nalishi bilan mos keladi, chunki va natijaviy magnit maydon biroz kuchayadi. Paramagnetik magnit maydonga kiritilsa, u eng katta kuchlanishli sohaga tortiladi va kuch chiziqlari bo‘ylab joylashadi.
Paramagnetik atomlari tashqi magnit maydon bo‘lmaganda xususiy magnit momentiga ega va bu momentlar tartibsiz joylashadi. Tashqi magnit maydon bo‘lganda magnit momentlari maydon bo‘ylab birmuncha tartibli joylashadi.
Dia- va paramagnetiklarning magnit qabul qiluvchanligining absolyut qiymati juda kichik bo‘lgani sababli ), ularning magnit singdiruvchanligi birdan juda kam farqlanadi.
Dia- va paramagnetiklar kuchsiz magnitli moddalar deyiladi.
2-chizma– Ferromagnetiklarning magnitlanish egri chizig’ini tushuntirib berish uchun chizma;
Tashqi magnit maydonining induksiyasi nolgacha kamayganda magnitlanish yo‘qolmaydi. U qoldiq magnitlanish induksiyasi bilan xarakterlanadi.
Koersitiv (ushlanib qoluvchi ) kuch – qoldiq magnitlanishni olib tashlash uchun kerakli qarama-qarshi maydon induksiyasining qiymati (OC-kesma).
Katta koersitiv kuchga ega bo‘lgan ferromagnetik – qattiq, kichik koersitiv kuchlisi esa – yumshoq deyiladi.
Magnitostriksiya – magnitlanish jarayonida ferromagnetikning deformatsiyasi.
Barcha ferromagnetiklar qiziganda o‘zining xususiy magnit xossalarini yo‘qotadi va paramagnetikka aylanadi.
Kyuri temperaturasi – ferromagnetik holatidan paramagnetik holatiga o‘tish temperaturasi.
Kyuri temperaturasi: 770 0C (temir); 1150 0C (kobalt); 360 0C (nikel).
3-chizma– Ferromagnetiklarning magnit kirituvchanligi ( magnit qabul qiluvchanlik ) maydon kuchlanganligi funktsiyasi va spontan magnitlanish sohalari (domenlar) haqida tushunchalar beruvchi chizmalar;
Ferromagnetiklarda Kyuri temperaturasidan pastda butunlay magnitlangan sohalar mavjud bo‘lib – domenlar deb ataladi va ularning o‘lchamlari ga yetadi. Tashqi magnit maydon ferromagnetikka ta’sir etib, domenlarning magnit momentlarini tartiblaydi.
Barcha domenlar magnit momentlarining vektorlari tashqi magnit maydonga parallel joylashganda magnit to‘yinish hosil bo‘ladi.
Amaliy mashg’ulot texnologik model va xarita
Test
Venn diagrammasi
Xulosalar.
Malakaviy bitiruv ishida bajarilgan ishlarni umumlashtirib quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
Bugungi kunda uslubiy adabiyotlarda bayon qilingan yoki chop qilingan ya’ni ta’lim texnologiyalariga oid ilmiy-uslubiy ishlar o’rganilib, qisqacha bayon qilinadi.
“Elektr va magnetizm” kursining “Magnitlanish turlaru va magnetiklarning sinflanishi” mavzusiga oid ikkita (№18 va №19) ma’ruzani o’tish uchun innovasion ta’lim texnologiyalari, ya’ni ma’ruzalarning ta’lim texnologiyasi modellari va xaritalari ishlab chiqildi.
,,Magnitlanish turlaru va magnetiklarning sinflanishi“ mavzusi bo’yicha ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni o’tishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish uslubiyatini ishlab chiqish.
“Magnitlanish turlaru va magnetiklarning sinflanishi” mavzusi bo’yicha o’tiladigan mashg’ulotlarga doir organayzerlar tuzilib ularni mashg’ulotlarga qo’llash uslubiyati ishlab chiqildi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Perishkin A. B. “O’rta maktablarda fizikani o’qitish uslubiyati”, T. 1990
Перегудов Ф. И., Тараенко Ф. П. “Введение в системный анализ” M. 1989
Резников Л.И., Пёришкин A. В, Знаменский П. A. “Ocновы методики преподавания физики”, M. 1965
Rustamov X. Sh, “Fizikani o’qitish uslubiyati”. SamDU 2010
Яворский Б. M, “Ocновные вопросы современного школьного курса физики” M. 1980
Ta’lim texnologiyalari. Ilmiy – uslubiy jurnal. №2. 2011. Toshkent.
Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poyedevori. – T.:”Sharq”, 1997.
Flash texnologiyasi & Action Script. Mo’minov B.B. Kamolova N.I. Buxoro 2010. 38- 42 b
Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’im standartlari va o’quv dasturi (Fizika, matematika, informatika va hisoblash texnikasi asoslari, chizmachilik, mehnat) – T.: “Sharq”, 1999 y.
Fizika. R.B.Bekjonov –T.: 1995 y.
Zamonaviy o’qitishning texnalogiyalari. Avliyoqulov.N.X –Buxoro: “Matbaa” 2001 y.
Qiziqarli fizika. Ya. Perelman –T.: “Fan” 1997 y.
O‘quv adabiyotlarining yangi avlodlarini yaratish, ularni tayyorlash bo‘yicha ilmiy-uslubiy, tashkiliy, iqtisodiy masalalarni hal etish uzluksiz ta’lim tizimida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning uchinchi bosqichida ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan bir qator tadbirlar ishlab chiqishni taqozo qiladi.
Mavzuni dolzarbligidan kelib chiqgan holda Akademik liseylarda “Faradeyning elektroliz qonunlari” mavzusini o’qitishda innovatsion pedtexnologiyalar usulidan foydalanish uslubini ishlab chiqish malakaviy bitiruv ishining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |