Elektr va texnika xavfsizligi asoslari Reja


Download 0.73 Mb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1583858
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Шарипов шухрат

SX va MIM 3/1 guruh talabasi : Sharipov Shuxrat


Elektr va texnika xavfsizligi asoslari

Elektr va texnika xavfsizligi asoslari

Reja:

1. Elektr xavfsizligi tushunchasi, elektr tokining inson organizmiga ta’siri.

2. Elektr tokidan jarohatlanishning asosiy sabablari va ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar.

3. Texnika xavfsizligi bo‘yicha me’yoriy xujjatlar.

4. Ishlab chiqarish jarayoni va uskunalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari.

5. Mehnat xavfsizligini ta’minlovchi texnik vositalar.


Elektr xavfsizligi - odamlarni elektr toki, elektr yoyi, elektromagnit maydon yoki statik elektrning insonga xavfli va zararli ta’siridan aniq ehtimollik bilan himoya qilishni ta’minlovchi tashkiliy va texnik tadbirlar tizimi.
Elektr toki inson organizimiga quiydagicha ta’sir ko’rsatadi:
  • Elektr tokining termik ta’siri
  • Elektrolitik ta’siri
  • Elektr tokining biologik ta’siri

Elektr tokining inson organizmiga ta’siri:

  • Elektr tokining termik ta’siri inson tanasining ba’zi joylarida kuyish, qon tomirlari, nerv va xujayralarning qizishi sifatida kuzatiladi.
  • Elektrolitik ta’sir esa, qon tarkibidagi yoki xujayralar tarkibidagi tuzlarning parchalanishi natijasida qonning fizik va kimyoviy hususiyatlarining o‘zgarishiga olib keladi.
  • Elektr tokining biologik ta’siri natijasida muskullarning keskin qisqarishi tufayli inson organizmidagi tirik xujayralar to‘lqinlanadi, bunda asosan organizmdagi bioelektrik jarayon buziladi.

Elektr tokining inson organizmiga ta’siri: :

Mahalliy elektr ta’siri - kuyib qolish, elektr belgilari hosil bo‘lishi, terining metallashib qolishi hollaridir.

  • Elektr ta’sirida kuyish asosan organizm bilan elektr o‘tkazgichi o‘rtasida volta yoyi hosil bo‘lganda sodir bo‘ladi. Elektr o‘tkazgichdagi kuchlanishning ta’siriga qarab bunday kuyish turlicha bo‘lishi mumkin. Yengil kuyish faqat yallig‘lanish bilan chegaralanadi, o‘rtacha og‘irlikdagi kuyishda pufakchalar hosil bo‘ladi va og‘ir kuyishda xujayra va terilar ko‘mirga aylanib, og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.
  • Elektr belgilari terining ustki qismida aniq kulrang yoki och sarg‘ish rangli 1-5 mm diametrdagi belgi paydo bo‘lishi bilan ifodalanadi. Bunday belgilar xavfli emas.
  • Terining metallashib qolishida, odatda erib mayda zarrachalarga parchalanib ketgan metal teri ichiga kirib qoladi. Bu holat ham elektr yoyi hosil bo‘lganda ro‘y beradi. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin bu teri ko‘chib tushib ketadi va hech qanday asorat qoldirmaydi.

Elektr urishi (tok urishi) to‘rt darajaga bo‘linadi:
1-daraja: muskullar keskin qisqarishi natijasida odam tok ta’siridan chiqib ketadi va hushini yo‘qotmaydi.
2-daraja: muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini yo‘qotadi, ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi.
3-daraja: hushini yo‘qotib nafas olish tizimi yoki yurak urishi to‘xtab qoladi.
4-daraja: klinik o‘lim holati, bunda insonda hech qanday hayot alomatlari ko‘rinmay qoladi
  • kuchlanish ostida bo‘lgan elektr tarmoqlari yoki elektr o‘tkazgichlarga tegib ketish yoki xavf tug‘diruvchi masofaga yaqinlashish;
  • elektr qurilmalari asbob-uskunalarining ustki metall korpuslari va qopqoqlarida elektr o‘tkazgichlarning muhofaza qobiqlarini shikastlanishi natijasida elektr kuchlanishi hosil bo‘lishi;
  • elektr tokini o‘chirib remont ishlarini bajarayotgan vaqtda, tasodifan elektr tokini ulab yuborish;
  • yer yuzasiga uzilib tushgan elektr o‘tkazgichi yer yuzasi bo‘ylab elektr tokini tarqatayotgan zonaga bilmay kirib qolish natijasida kuchlanishlar ta’siriga tushib qolish.


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling