Ishlab chiqarish uskunalariga xavfsizlik talablari: - uskunalarga qo‘yilgan asosiy talablarga odamlar sog‘lig‘i va hayoti uchun xavfsizlik hamda ularni ishlatishda ishonchlilik va qulayliklar kiradi.
- uskunalarni ishlatishda mikroiqlimning o‘zgarishi, atmosfera xolatlarining ta’siri inson organizmiga xavf solmasligi, yong‘in va portlashdan xavfsiz bo‘lishi, ular konstruksiyasida qo‘llaniladigan materiallar zararli va xavfli bo‘lmasligi, ularning harakatlanadigan qismlari xavfsiz qilib to‘silgan bo‘lishi kerak.
- uskunalarning avariya sodir bo‘lganda o‘chirishi lozim bo‘lgan moslamalari, dastalari ko‘rinadigan va qulay joyda joylashtirilishi hamda qizil rangga bo‘yalishi talab etiladi.
Mehnat xavfsizligini ta’minlovchi texnik vositalar To‘siq qurilmalari o‘zining oddiyligi va ishonchliligi bilan mashina, mexanizmlarda, uskunalarda xavfli zonalarni izolyasiya qilishda juda keng qo‘llaniladi. To‘siq qurilmalari inson bilan xavfli omillar orasida devor bo‘lib, insonni qanday harakat qilishidan qat’iy nazar uni xavfdan ishonchli himoya qiladi. To‘siqlar shu bilan birga insonga har xil metall uchqunlarini, qipiqlarini, detallar va jihozlar qismlarini otilishidan himoya qiladi. - To‘siq qurilmalari o‘zining oddiyligi va ishonchliligi bilan mashina, mexanizmlarda, uskunalarda xavfli zonalarni izolyasiya qilishda juda keng qo‘llaniladi. To‘siq qurilmalari inson bilan xavfli omillar orasida devor bo‘lib, insonni qanday harakat qilishidan qat’iy nazar uni xavfdan ishonchli himoya qiladi. To‘siqlar shu bilan birga insonga har xil metall uchqunlarini, qipiqlarini, detallar va jihozlar qismlarini otilishidan himoya qiladi.
- Tormozlash qurilmasi harakatlanayotgan mashinalarni, uskunalar qismlarini, ko‘tarilayotgan yoki tushirilayotgan yuklarni tezda to‘xtatish uchun qo‘llaniladi. Ayrim mashinalarning ishchi organlari katta massa va chastotali aylanishga ega bo‘ladi hamda ular o‘z inersiyasi bilan uzoq vaqt aylanishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida ularga xizmat ko‘rsatayotgan ishchilarga xavf tug‘diradi.
- Masofadan boshqarish. Texnologik jarayonlarni masofadan boshqarish mehnat xavfsizligi uchun katta ahamiyatga ega, chunki bunda ishchining bevosita xavfli zonada bo‘lmasligi ta’minlanadi.
- Masofadan boshqarish zamonaviy chorvachilik komplekslarida, oson alangalanadigan yoki zaharli moddalar bilan ishlaganda, bug‘li quritgichlarda, mevalarni quritish uskunalarida, idishlarni bug‘lashda va boshqa joylarda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |