Elektr yoy yordamida qizdirish elektr yoyning xususiyatlari va tavsiflari. Yoy pechlarining turlari va yoy yordamida payvantlash. Reja


-rasm. Po‘lat eritish yoy pechi (PEYOP)ning sxemasi


Download 305.96 Kb.
bet7/12
Sana16.04.2023
Hajmi305.96 Kb.
#1361656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2- ma’ruza elektr yoy yordamida qizdirish. Reja

4.5-rasm. Po‘lat eritish yoy pechi (PEYOP)ning sxemasi

Pechning tuzilishi: 1 - po‘lat kojux; 2 - yuqori haroratga ( o‘tga) chidamli futerovka; elektrodlar - 4 o‘tadigan pechning svod qismi-3 ; 5-elektrodlarni ko‘tarish mexanizmi; 6 - elektr yoyi.


Bevosita EYOP larining tuzilishi va ishlash prinsipini po‘lat eritish yoy pechlari misolida ko‘ramiz.


PEYOPlari, shuningdek, metallni kimyoviy tarkibini rostlashga mo‘ljallangan elektromagnit usulda qorishtirish qurilmasi, eritmani to‘kish uchun mo‘l-jallangan pechni odirish mexanizmi, pech svodi (qopqoi) ni ko‘tarish va burish hamda elektrodlarni uzatish va ko‘tarish mexanizmlari bilan ta’minlangan.


Elektrotexnik po‘latni eritish jarayoni quyidagi jarayonlar ketma - ketligidan iborat:



  • metallom (ruda, skrap) ni eritish;

  • qorishmani turli qo‘shilma va gazlardan tozalash;

  • metall raskisleniesi(metallni kisloroddan tozalash);

  • qorishmaga legirlovchi komponentlar qo‘shish;

  • rafinatsiya jarayoni(tozalash,oqlash);

  • eritmani avval maxsus cho‘michga (kovshga) va undan tegishli formalarga quyish.

Katta xajmdagi pechlarda eritish jarayoni 4-6 soat davom etib, undan 1,5 - 2,5 soati eritishga, 2-4 soati metallni oksidlash va rafinatsiya qilish uchun sarflanadi.


4.6 –rasmda sxema bosh zanjir va yordamchi zanjirlardan (boshqarish, o‘lchov


asboblari, himoya qilish va avtomatika zanjiri) iborat. Bosh zanjir birlamchi va ikkilamchi zanjirlardan iborat bo‘lib, birlamchi zanjirni o‘zaro ketma-ket ulangan o‘tkazgichlar, yuqori kuchlanish apparatlari, drossel va pech transformatorlarining birlamchi chulg‘ami tashkil qiladi.


Ikkilamchi zanjirni esa o‘zaro ketma-ket ulangan pech transformatorining ikkilamchi cho‘lg‘ami, qisqa tarmoq o‘tkazgichlari, elektrodlar va elektr yoyi tashkil etadi.



Download 305.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling