Elektr yoy yordamida qizdirish elektr yoyning xususiyatlari va tavsiflari. Yoy pechlarining turlari va yoy yordamida payvantlash. Reja


Elektr yoyining asosiy xarakteristikalari


Download 305.96 Kb.
bet4/12
Sana16.04.2023
Hajmi305.96 Kb.
#1361656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2- ma’ruza elektr yoy yordamida qizdirish. Reja

4.2. Elektr yoyining asosiy xarakteristikalari
Elektr yoyining quvvatini bir necha usul bilan boshqarish mumkin. Quyidagi rasmda yoy quvvatini manba kuchlanishini o‘zgartirish orqali (a) va ballast qarshilikni o‘zgartirish orqali (b) boshqarish oqibatida olingan V.A.X. lar keltirilgan (4.2-rasm)


4.2 – rasm

  1. Yoy quvvatini manba kuchlanishi orqali boshqarishda ( bunda ballast qarshilik o‘zgarmas qiymatga ega) boshqarish I1, I2,I3 toklar va ularga mos U1, U2, U3 kuchlanishni

o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi. Bunda manba kuchlanishini, masalan, transformator cho‘lg‘amidagi o‘ramlar sonini o‘zgartirish yoki generator qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami zanjiridagi qarshilikni o‘zgartirish orqali boshqarish mumkin ( 4.2 -rasm,a ).



  1. Manba kuchlanishini o‘zgartirmagan holda ballast qarshilikni o‘zgartirish orqali boshqarishda zanjirga bosqichma-bosqich o‘zgartiriluvchan qarshilik ulash maqsadga muvofiq (4.2 -rasm,b).




  1. Manba kuchlanishi va ballast qarshiligining o‘zgarmas qiymatlarida yoyga ta’sir etuvchi boshqa faktorlarni o‘zgartirish orqali yoy quvvatini boshqarish mumkin, bunga yoy yonayotgan muhit bosimini o‘zgartirish orqali yoki yoy uzunligini o‘zgartirish orqali boshqarish usullarini misol qilish mumkin.



O‘zgaruvchan tok elektr yoyi o‘zgarmas tok elektr yoyidan farqli o‘laroq vaqt davomida o‘zgaruvchi kuchlanish va tokka ega. Bunda yoy razryadining tok va kuchlanishi bir davr mobaynida ikki marta nol qiymatdan o‘tib, yo‘nalishini o‘zgartiradi va elektrodlardagi qutblar o‘zgaradi. Bunday o‘zgarish jarayonining har birida yoyning o‘chishi va qayta yonishi kuzatiladi. YOyning o‘chishi esa elektrodlar orasidagi muhitda ikki jarayonning hosil bo‘lishiga olib keladi, ya’ni elektrodlar orasidagi muhit deionizatsiyasi (yoki muhitning dielektrik bikirligi ortadi) va elektrodlardagi potensialning ortishiga olib keladi. 4.3 - rasm.



Download 305.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling