Elektr yoy yordamida qizdirish elektr yoyning xususiyatlari va tavsiflari. Yoy pechlarining turlari va yoy yordamida payvantlash. Reja


Download 305.96 Kb.
bet6/12
Sana16.04.2023
Hajmi305.96 Kb.
#1361656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2- ma’ruza elektr yoy yordamida qizdirish. Reja

Vakuum yoy pechlari - ularda elektr yoyi inert gazlarda yoki elektrod va suyuq metall vannasi o‘rtasida kichik bosim ostida eritilgan material (metall) parlarida hosil qilinadi (yonadi).




  1. Plazmali pechlar va plazmali - yoy eritish qurilmalari - bunday qurilmalarda metallarga issiqlik ishlovi berish, elektr yoyi va u bilan biriktirilgan inert gazining plazma oqimi yordamida amalga oshiriladi.



Bilvosita Ishlovchi Elektr Yoy Pechlari

Bir fazali bilvosita EYOP larning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: 1- ichki qismi yuqori haroratlarga (o‘tga) chidamli material bilan futerovkalangan gorizontal vanna; 2-gorizontal vannaning qarama - qarshi devorlariga o‘rnatilgan elektrodlar. Elektrodlar sarf bo‘lib borishi


mobaynida maxsus mexanizm yordamida bir-biriga qarab siljitib boriladi; 3 – eritilayotgan material. Ushbu material vannaga pech korpusi 5 ning yon darchasi orqali yuklanadi; 4 - elektr yoyi.




4.4 – rasm. Bilvosita EYOP ning sxemasi
Elektrodlar kuchlanish manbasiga ulangandan so‘ng maxsus mexanizm yordamida uchlari bir-biriga tutashtiriladi va buning oqibatida elektrodlar zanjirida tok hosil bo‘lgach, bir-biridan uzoqlashtiriladi va natijada yoy hosil bo‘ladi. YOyda hosil bo‘lgan issiqlik energiyasi o‘zlashtirilishi hisobiga metallarga issiqlik ishlovi beriladi yoki eritiladi. Metall eritib bo‘lingach, odirish mexanizmi yordamida pech odiriladi va eritma maxsus idishlarga to‘kiladi. Pech quvvati manba tokini va elektrodlarni yaqinlashtirish yoki uzoqlashtirish natijasida yoy uzunligini o‘zgartirish hisobiga boshqariladi.

Pechning asosiy elektr jihozlarini pech transformatori, boshqarish reaktori va elektrodlarni uzatish mexanizmining elektr yuritmasi tashkil etadi.


Bilvosita EYOP lari 0,25 t va 0,5 t siimiga ega. Ular mos ravishda quvvati 175 - 250 va 250 - 400 kVA ga teng transformatorlar bilan ta’minlangan bo‘lib, bunday pechlarda grafitlashtirilgan elektrodlar qo‘llaniladi.


3.1.2. Bevosita ishlovchi elektr yoy pechlari


Bevosita EYOP lar asosan keyinchalik prokat sexlarida quyma yombi olish uchun mo‘ljallangan po‘lat eritish uchun belgilangan. SHuningdek, olingan po‘lat ma’suloti mashinasozlik zavodlarida fasonli quyish orqali metallurgik xom ashyo olish uchun ishlatiladi





Download 305.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling