4.1-rasm. Elektr yoyi - ballast qarshilik - elektr manbasi tizimining voltamper xarakteristikasi (V.A.X.)
belgilanib to yoy V.A.X.si manbaning tashqi xarakteristikasi bilan kesishmaguncha rtib borishi mumkin yoki boshqacha aytganda yoy toki cheksizga qarab intiladi.
YOy tokining qiymatini cheklash maqsadida, yoy zanjiriga, unga ketma-ket qilib qarshilik ulanadi (3.1-rasm). Bunda, cheklangan qiymatdagi quvvatga ega manbaning kuchlanishi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi.
[V] (4.1)
bu erda:
Ud - yoydagi kuchlanishi, V;
Id - yoy toki, A;
R - qarshilik, Om;
L - induktivlik, Gn.
(Uist-IdR) to‘g‘ri chizig‘i V.A.X. ni A va V nuqtalarda kesib o‘tadi. Ushbu kuqtalardagi toklar qiymati Ia va Ib larga to‘g‘ri keladi. V.A.X. ning A nuqtadan chap tomoni yoyni batamom o‘chirish zonasi, xarakteristikaning A va V nuqtalari o‘rtasidagi qismi - yoyning yonish zonasi va V nuqtadan o‘ngdagi qismi- yoy tokini cheklash zonasi ‘isoblanadi. YOy, tokning Ib qiymatidagina barqaror yonishi mumkin, A nuqtada tokning kichik qiymatga ega ekanligi sababli yoy beqaror yonadi, Ik - zanjirning qisqa tutashuvi xolatidagi tokini ko‘rsatadi.
4.2. Elektr yoyining asosiy xarakteristikalari
Elektr yoyining quvvatini bir necha usul bilan boshqarish mumkin. Quyidagi rasmda yoy quvvatini manba kuchlanishini o‘zgartirish orqali (a) va ballast qarshilikni o‘zgartirish orqali (b) boshqarish oqibatida olingan V.A.X. lar keltirilgan (4.2-rasm)
4.2 – rasm
1. YOy quvvatini manba kuchlanishi orqali boshqarishda ( bunda ballast qarshilik o‘zgarmas qiymatga ega) boshqarish I1, I2,I3 toklar va ularga mos U1, U2, U3 kuchlanishni o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi. Bunda manba kuchlanishini, masalan, transformator cho‘lg‘amidagi o‘ramlar sonini o‘zgartirish yoki generator qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami zanjiridagi qarshilikni o‘zgartirish orqali boshqarish mumkin ( 4.2 -rasm,a ).
2. Manba kuchlanishini o‘zgartirmagan holda ballast qarshilikni o‘zgartirish orqali boshqarishda zanjirga bosqichma-bosqich o‘zgartiriluvchan qarshilik ulash maqsadga muvofiq (4.2 -rasm,b).
3. Manba kuchlanishi va ballast qarshiligining o‘zgarmas qiymatlarida yoyga ta’sir etuvchi boshqa faktorlarni o‘zgartirish orqali yoy quvvatini boshqarish mumkin, bunga yoy yonayotgan muhit bosimini o‘zgartirish orqali yoki yoy uzunligini o‘zgartirish orqali boshqarish usullarini misol qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |